Chirchiq iqtisodiyot va pedagogika instituti


O`rta podsholik davrida xo`jalik


Download 87.06 Kb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi87.06 Kb.
#1618636
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi Yerimbetov Jahongir(1)

3. O`rta podsholik davrida xo`jalik. Misrda markazlashgan kuchli davlatning tashkil topishi natijasida xo`jalik ancha rivoj topgan. Misr fir`avnlari yangi yerlar ochishga va sug`orish inshootlarini qurish ishiga katta e`tibor berganlar. Fayum vohasidagi ko`l chuqurlashtirilib sun`iy suv omboriga aylantirilgan. Nil daryosidan suv ombori tomon kanal qazilib unga suv keltirilgan. Baland joylarga suv chiqarish uchun shaduf kashf etilib, ulardan foydalanilgan. Shu tariqa Misrda dehqonchilik ancha rivojlangan. Voha atrofida chorvachilik ham rivoj topgan. Misr shaharlari va qishloqlarida hunarmandchilik, xususan shishasozlik ham shu davrda rivoj topib ichki va tashqi savdo taraqqiy etgan. Misr Finikiya, Palastin, Nubiya, Kichik Osiyo va ikki daryo oralig`idagi mamlakatlar bilan qizg`in savdo borgan. Savdo ishlari quruqlik va suv yo`llari orqali amalga oshirilgan. O`rta podsholik davrida Fayum vohasida Ittaun shahri qurilib, u fir`avnlarning qarorgohiga aylangan. 11-sulola davrida Misr Sharqdagi eng qudratli davlatga aylangan.
XULOSA
O`rta podsholikning tushkunlikka uchrashi, kambag`allar va qullar qo`zg`oloni. Miloddan avvalgi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab O`rta podsholik tushkunlikka yuz tutadi. 13-sulola davridan boshlab o`zaro urushlar boshlanib tushkunlik yana kuchayadi. Mamlakatdagi ichki nizolar, soliqlar va firVivnlarning bosqinchilik urushlari mehnatkash xalq va qullarning ahvolini yanada yomonlashtirib yubordi. Toj-taxt uchun kurash qizg`in tus olib, fir`avnlar tez-tez almashinib turganlar. Misrdagi tush-kunlikdan qo`shni mamlakatlar foydalanib, birin-ketin Misrga bostirib kiradilar. 13-sulola podsholari esa qo`shni qabilalarning hujumini qaytara olmaydilar. Ichki urush-janjanlar va qo`shni qabilalarning hujumlari mamlakat xo`jaligiga katta zarar keltiradi. Mamlakatdagi qiyinchiliklarning barcha og`irligi mehnatkash xalq va qullar yelkasiga tushar edi.
Og`ir jabr-zulm va qiyinchiliklardan sabr kosalari to`lgan mehnat-kash xalq miloddan avvalgi 1750-yilda qo`zg`olon ko`taradi. Qo`zg`olonda jabrdiyda qullar ham faol ishtirok etadilar. Bu qo`zg`olon butun podsholikni larzaga soladi.
Misrdagi bu voqealar o`sha vaqtda yaratilgan «Ipuser so`zlari» degan yozma bitikda o`z ifodasini topgan. Bu bitik muallifi yirik mansabdor shaxs bo`lgan. U xalq ommasi va qullar qo`zg`oloniga nafrat bilan qaragan. «Ipuser so`zlari» dagi ma`lumotlarga qaraganda kambag`allar va qullar, zodagon va a`yonlarga qarshi bosh ko`targanlar.
«Ipuser»da qo`zg`olonning oqibati nima bilan tugagani bayon ctilmagan. Keyinchalik qo`zg`olon bostirilgan bo`lsa kerakki, Misrda fir`avnlar hokimiyati qayta tiklangan. Qo`zg`olon bostirilgani bilan, oddiy xalq va quilar zolimlarga qarshi ko`p marta bosh ko`targanlar.

Download 87.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling