Chiroqcni tuman axborot-kutubxona markazi ish faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ma’lumotnoma
Download 61.5 Kb.
|
Shahrisabz TAKM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot-kutubxona muassasalari joylashgan binoning ahvoli
- Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmatida
Shahrisabz tuman axborot-kutubxona markazi ish faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ma’lumotnoma S.Nasafiy nomidagi Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazining 2023-yil 2-martdagi № 8- x” son buyrug‘i asosida viloyat AKM mutaxassislari ishtirokida ijro intizomi, me’yoriy hujjatlarning yuritilishi va kutubxonada kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlari o‘rganish, uslubiy yordam berish maqsadida Shahrisabz tumanida xizmat safarida bo‘ldilar. Axborot-kutubxona muassasalari joylashgan binoning ahvoli: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyuldagi PQ-4354-son “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Shahrisabz tumanida axborot-kutubxona markazi tashkil etildi. Bugungi kunda Shahrisabz tuman AKM o‘z binosiga ega, bino eskiligi sababli foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish uchun yaroqsiz. Hozirgi kunda markaz Shahrisahz shahridagi Kulollik MFYda joylashgan Davlat xizmatlari markazi binosining 1 ta xonasida vaqtinchalik faoliyat yuritmoqda. Bino kutubxona uchun moslashtirilmagan. Internet tarmog‘i mavjud, Wi-Fi zona bor. Tuman AKMning umumiy fondi 14743 nomda, 29598 nusxadan iborat. 5 dona kompyuter, 2 dona printer, 1 dona skaner mavjud. Shtat birligi 17 ta, amalda 20 nafar xodim faoliyat yuritadi, shundan axborot-kutubxona mutaxassisligi bo‘yicha 3 ta oliy ma’lumotli, 8 ta o‘rta maxsus, boshqa sohalar bo‘yicha 4 ta oliy ma`lumotli xodimlardan iborat. Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmatida xizmat rahbari –Ulugmurodova Nilufar ma’lumoti o`rta maxsus, (kutubxonashunos), mutaxassislar Temirova Umida ma’lumoti o‘rta maxsus, (kutubxonashunos), kasalligi tufayli ishda emas, To`rayeva Mohichehra ma’lumoti o‘rta maxsus, (kutubxonashunos), sirtdan o`qiydi, hozirgi kunda o`qishda, Sattorova Qunduz ma’lumoti oliy, 0,5 shtat birligida ,Turayeva Rayhon ma’lumoti oliy, 0,5 shtat birligida (kutubxonashunos). Jurayev Yarash ma’lumoti o‘rta maxsus 0,5 shtat birligida (axborot – texnologiya), (Sarchashma MFYda joylashgan ko`chma kutubxona)da , Nuraliyev Raximqul ma’lumoti oliy, 0,5 shtat birligida (G`elon MFYda joylashgan ko`chma kutubxona) da xodimlar faoliyat olib bormoqda. Xizmat Nizomi va lavozim yo‘riqnomalari mavjud lekin mutaxassislar yo‘riqnomalar mazmuni bilan tanishmagan, Nizomi va lavozim yo‘riqnomalari yangilanmoqda. Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati faoliyatiga oid xujjatlar ko‘rilganda 2023- yillik 3- mart holatida ko‘ra umumiy kitobxonlar soni 15078, yangi a’zo bo‘lgan kitobxonlar soni 345, qatnov 1587 va adabiyotlar berilishi 4098 , 43 ta ko‘chma kutubxona va 78 ta turli mavzularda tadbirlar, 78 ta kitob ko‘rgazmalari tashkil etilgan. Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmatida fondlar BBK bo‘yicha joylashtirilgan. UDK asosida tizimlashtirilmagan. Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmatida kundalik daftari yuritilgan, foydalanuvchilarning formulyarlari, foydalanuvchilarning talab va taklif daftari yuritilgan sanalar qo`yilmagan . Kitobxonlar klubi Nizomi, rejasi, a’zolari ro‘yxati tuzilgan. Yagona abonementlarni ro‘yxatga olish daftari yuritilishida foydalanuvchilarning pasport va guvohnomalar raqamlari to‘liq yozilmagan. AKMdan foydalanish qoidalari chiqarilmagan. Foydalanuvchilar tanishtirilib borilmagan. Oylik reja va hisobotlar qilingan , tasdiqlanmagan muhr qo‘yilmagan. 2022 yilning choraklik va yillik raqamli hisobotlari chiqarilgan, yig`ma jildi qilingan. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida amaliy uslubiy yordam ko‘rsatildi. Download 61.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling