Markaziy proyeksiyalashda geometrik shakllar quyidagicha tasvirlanadi:2
xossa. Nuqtaning markaziy proyeksiyasi nuqta bо‘ladi.
xossa. SA nurda yotuvchi A, A1, A2, A3,… nuqtalarning markaziy proyeksiyalari AP nuqta bilan ustma-ust tushadi (1.3- rasm).
xossa. Proyeksiyalash markazidan о‘tmaydigan tо‘g‘ri chiziq kesmasining proyeksiyasi kesma bо‘ladi.
Biror a tо‘g‘ri chiziq BS kesmasi orqali berilgan bо‘lsin (1.3-rasm) BS kesma S markaz orqali proyeksiyalar tekisligi P ga proyeksiyalanganda SBC proyeksiya- lovchi tekislik hosil bо‘ladi. Bu proyeksiyalovchi tekislik P bilan BPCP kesma
bо‘yicha kesishadi. BС∈a bо‘lgani uchun BPCP∈aP bо‘ladi.
Proyeksiyalash markazi S dan о‘tuvchi tо‘g‘ri chiziqning markaziy proyeksiyasi nuqta bо‘ladi. Masalan, DE tо‘g‘ri chiziq kesmasining markaziy proyeksiyasi DP≡EP nuqta bо‘ladi (1.3-rasm).
xossa. S markazdan о‘tmaydigan tekislikning markaziy proyeksiyasi tekislik bо‘ladi. Masalan, ABС uchburchak tekisligining nuqtalar tо‘plamini S markaz bо‘yicha proyeksiyalar tekisligi P ga proyeksiyalanganda (1.4-rasm) SABС proyeksiyalovchi piramida xosil bо‘ladi. Bu piramidaning proyeksiyalar tekisligi P bilan kesishuvidan APBPСP uchburchak hosil bо‘ladi.
xossa. Agar biror tekis shakl proyeksiyalar tekisligiga parallel bо‘lsa, uning proyeksiyasi о‘ziga о‘xshash shakl bо‘ladi.
xossa. S proyeksiyalash markazidan о‘tuvchi va proyeksiyalar tekisligi P ga parallel bо‘lgan nurlar ustidagi nuqtalarning markaziy proyeksiyasi P ning xosmas chizig‘i ustida bо‘ladi.
xossa. Proyeksiyalanuvchi shaklning proyeksiyalar markazi bilan proyeksiyalar tekisligiga nisbatan joylashuviga qarab uning proyeksiyasi о‘ziga nisbatan katta yoki kichik bо‘lishi mumkin.
1.3-rasm 1.4-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |