"chizma geometriya"
Download 0.83 Mb.
|
1-kurs Chizma geometriya(tayyor)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzular nomi Soat I semestr
- Mashg‘ulot shakli: Ma’ruza (A)
- Mavzular nomi soat
- Jami 40 Umumiy jami
- Mashg‘ulotlar shakli: Mustaqil ta’lim (MT) I semestr soat
- Mashg‘ulotlar shakli: Mustaqil ta’lim (MT) II semestr soat
- Topshiriq Maksimal ball
- Jami: 100 ball
- Mustaqil ishni baholash.
- Akademik va etik talablar
Amaliy mashg‘ulotlar maxsus dastgohlar va laboratoriya buyumlari: geometrik jismlar (Kub, shar, tsilindr, prizma, konus), kabi jihozlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Shuningdek, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan bir akademik guruh bir yoki ikki professor-o‘qituvchi tomonidan mashhulotlar o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi har bir talabaga individual yondoshib dars o‘tish maqsadga muvofiq.
Talaba mustaqil ta’limni bajarish uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalar fan boblari va mavzularini o‘rganishi; tarqatma materiallar, amaliy ishlar bajarishni o‘rganish; maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; talabaning o‘quv-ijodiy ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish; tavsiya etiladi. Mustaqil ta’lim mavzulari bo‘yicha talabalar A3 formatda, vazifani chizib va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. Amaliy mashg‘ulotlarning barcha mavzulari, oraliq nazorat va joriy nazoratlarini to‘la o‘zlashtirgan hamda mustaqil ishni bajargan talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semestr oxirida yakuniy nazorat topshiradi. Talabalarni baholash Talabalar bilimini baholash semestr va yakuniy nazorat davomida o‘qitish materiallarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (topshiriqlar, mustaqil ish, test va yozma ish natijasi)ga asoslangan. O‘quv mashg‘uloti davomida talabalar 100 ballik tizimda baholanadi. Shundan davomat, joriy va oraliq natijasiga 50 ball, yakuniy nazorat natijasiga 50 ball ajratiladi. Joriy va oraliq ballarning umumiy natijasi 30 balldan past bo‘lgan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Yakuniy nazoratda 30 va undan ko‘p ball to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi. Nazorat turlari bo‘yicha ballar quyidagicha taqsimlanadi:
* Izoh: 1. Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha ajratilgan 15 ball mavzulardan kelib chiqqan xolda taqsimlanib, aniq topshiriqlar beriladi. 2. Davomat bo‘yicha ajratilgan 5 ball o‘quv mashg‘ulotlariga 76% dan ortiq qatnashgan talabalarga qo‘yiladi. 3. Fan bo‘yicha yuqorida keltirilgan nazoratlarda to‘plangan reyting ballari umumlashtiriladi yakunda ballar 5 baholik tizimga konvertatsiya qilinadi. Mustaqil ishni baholash. Berilgan mavzular bo‘yicha mustaqil ishini baholash - Mavzular boyicha referat yozish va rasmiylashtirish - 5 ball; - tanlangan mavzular bo‘yicha natyurmortlar ishlash - 10 ball. Talabalarni baholashda quyidagilar hisobga olinadi: - mashg‘ulotlardagi ishtiroki (davomat); - mashg‘ulotlardagi faollik va ijodkorlik; - asosiy va qo‘shimcha o‘quv materiallarini o‘zlashtirish; - mustaqil ta’lim bo‘yicha topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish; - nazoratning barcha turlarini o‘z vaqtida bajarish. Akademik va etik talablar Fanga oid nazariy va amaliy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish, ijod qilish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha amaliy ishni topshirish. Adabiyotlar ro‘yxati. D.U.Sabirova va b. “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” Toshkent. “Fan va texnologiya”. 2019 A.A.Karimov “Chizma geometriya” Toshkent. “Fan va texnologiya”. 2018 Sh. Morodov va boshqalar. Chizma geometriya. Toshkent. “Iqtisod va moliya”. 2008 yil. B.B.Qulnazarov. Chizma geometriya. Toshkent, «O'zbekiston». 2006. J.Yodgorov. Mashinasozlik chizmachiligi. T., O‘zbekiston. 2009. M.Xalimov. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi. T., Voris- nashriyot, 2013. Rahmonov, A.Valiyev. Chizmachilik, “Voris-nashriyot'’. Toshkent-2011 Qo‘shimcha adabiyotlar 1. R.Ismatullaev Chizma geometriya. –Toshkent, 2005. 2. Raxmonov I.,Abduraxmonov A.,Chizmachilikdan ma’lumotnoma T. “A.Navoiy” Milliy kutubxona ». 2005. 3. A.A.Чекмарёв, Начертателная геометрия и черчения, M.2006, Вышое оброзование. 4. С.A.Фролов, Начертателная геометрия, M. Infra, 2007 5. Rahmonov va b. Chizmachilik, “Voris-nashriyot” Toshkent-2016. 6. N.Tashimov. Chizmachilik (topografik chizmachilik), “Adabiyot uchqunlari” Toshkent-2016. Internet saytlari www.tdpu.uz www.pedagog.uz www.ziyonet.uz www.gov.uz Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling