Chizma geometriya
Download 137.5 Kb.
|
1-MA'RUZA
PROEКSIYALASH USULLARI
Geometrik jismlarning biror tekislikdagi proeksiyasini hosil qilish jarayoni proeksiyalash deb ataladi. Proeksiyalovchi nurlarning yonalishiga qarab proeksiyalash usullari ikkiga bolinadi: 1. Markaziy proeksiyalash usuli. Narsaning proeksiyasini hosil qiluvchi proeksiyalovchi nurlar bir nuqtadan chiqqan bolsa, bunday proeksiyalash markaziy proeksiyalash deb ataladi. Bu usulning asosiy mohiyati shundan iboratki, bunda proeksiyalash markazi S deb ataluvchi qozgalmas nuqta beriladi va hamma proeksiyalash nurlari shu qozgalmas nuqtadan otadi. Masalan, fazoda A, B, C nuqtalar berilgan (1 - chizma), ularning P tekislikdagi proeksiyalarini chizish kerak. Buning uchun shu nuqtalarni proeksiyalash markazi S bilan tutashtiruvchi proeksiyalovchi nurlar otkazilsa, nurlar P proeksiyalar tekisligi bilan kesishib a, b, c nuqtalarni hosil qiladi. Bu a, b, c nuqtalar fazodagi A, B, C nuqtalarning P tekislikdagi proeksiyasidir.
Download 137.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling