Chizmachilik Cizmachilik Ta’limining maqsad va vazifalari


MILLIY ISTIQLOL G'OYASINI SHAKLLANTI-RISHDA CHIZMACHILIK FANINING VAZIFALARI


Download 228.5 Kb.
bet4/8
Sana30.04.2023
Hajmi228.5 Kb.
#1404645
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
chizmachilik

MILLIY ISTIQLOL G'OYASINI SHAKLLANTI-RISHDA CHIZMACHILIK FANINING VAZIFALARI

O'qituvchining oldida quyidagi muhim savollar turadi: o'quvchilarga nimani o'qitish va qanday o'qitish? Ushbu savollarga istiqlolning dastlabki yillaridayoq qabul qilingan O'zRDSt. 1.0—92 O'zbekiston Respublikasining Davlat Standartlashtirish tizimi, „Ta'lim to'g'risida"gi, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", Davlat Ta'lim standarti va o'quv dasturida bayon etilgan asosiy talablar hamda umumiy o'rta ta'lim maktablarida chizmachilik fanining asosiy vazifalari javob beradi.


Ushbu vazifalar o'qituvchidan chizmachilikni o'qitishda turli metodlardan samarali foydalanish hamda zamonaviy ta'lim berish usullarini izlashni talab etadi:

  • chizmachilikni o'qitishda yuqori malakali, ilg'or tajribali o'qituvchilarning o'qitish usullaridan foydalanish;

  • o'quvchilarning fazoviy tasavvur qilish qobiliyatlarini rivojlantirish va faollashtirish omillarini tatbiq qilish;

  • aksonometrik proyeksiyalarning qonun-qoidalarini tatbiq etish orqali qo'lda, ko'zda chamalab eskiz va texnik rasm chizishni mustahkam egallash usullarini tatbiq etish;

  • chizmalar chizish va ularni o'qish bo'yicha mustahkam bilim berish, ularda ko'nikma va malaka hosil qilish omillarini tatbiq etish;

  • o'quvchilarni mustaqil ijodiy fikrlashga, ishlashga o'rgata-digan omillarni izlab topish va ta'lim berishda joriy etish;

  • turli chizmalarni ijodiy mustaqil bajara olish malakalarini egallay oladigan omillardan foydalanish.

Davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturining bajarilishi har bir o'qituvchining Davlat va jamiyat oldidagi ma'naviy burchi hisoblanadi. O'qituvchi Davlat Ta'lim standartida bayon qilingan quyidagi belgilangan talablarni bajarilishini ta'minlaydi:

  1. Ta'lim dasturining bajarilish majburiyligi.

  2. O'quvchilarning o'quv yuklamalarining mukammal hajmini o'rganishlari va egallashlari.

3. O'quvchilarning o'quv ta'lim saviyasining mukammalligi.
O'qituvchi chizmachilikni o'qitishda quyidagi yo'nalishlarni
asosiy vazifa qilib olishi maqsadga muvofiqdir:
— chizmachilik texnika rivojlanishining ilmiy asosi ekanligi tushunchasini rivojlantira borish;

  • chizmachilik orqali texnikaga bo'lgan qiziqish, uning rivojlanishiga hissa qo'shish imkoniyati mavjudligiga ishonch hosil qilish tarbiyasiga ahamiyat berish;

  • chizmachilikning mohiyati, maqsadini tushuntirish, o'quvchilar qalbida fanga bo'lgan qiziqish, ishonch uyg'otish, ularda fikr, tushuncha, bilim, iste'dod, qobiliyatni shakllan-tirish;

  • chizmachilik o'quv-tarbiya jarayonining har bir bosqi-chida milliy istiqlol g'oyalarining uzviy rivojlanishiga ahamiyat berish.

Chizmachilik fanining asosiy manbalari:

  • ajdodlarimiz qoldirgan chizmalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar;

  • O'rta Osiyo olimlarining asarlaridagi chizmalarga oid bilimlar;

  • to'g'ri va qiyshiq burchakli proyeksiyalar yasash naza-riyasi, chizma geometriya fani;

  • chizma geometriya, chizmachilik va perspektivaga oid turli adabiyotlar va ma'lumotnoma (spravochnik)lar.

Chizmachilik fanining maqsadi va uni o'qitishga qo'yila-digan talablar:

  • mutafakkir olimlarimiz, rassomlarimiz, xattotlarimiz ijodida chizmachilik ilmining paydo bo'lishiga qo'shgan hissa-larini o'quvchilarga yetkazish;

  • yoshlarni chizmachilik bilimlari bilan qurollantirish. Shu maqsadda texnik chizmalarni chizish va ularni o'qiy oladigan texnik kadrlar sifatida tayyorlash;

  • ta'lim-tarbiya jarayonida, milliy va tarixiy ma*naviyat omillari, umuminsoniy qadriyatlar mohiyatini tushuntirish;

  • umumiy o'rta ta'lim maktablarida chizmachilik kursi ta'limning umumiy maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Chizmalarni o'qish va chizish orqali bolalarning fazoviy tasawuri va mantiqiy tafakkurini, ijod, bunyodkorlik, loyiha-lash kabi sifatlarini rivojlantirish.

8-sinf o'quvchilariga chizmachilik fanidan beriladigan tushunchalar:
— chizmachilik haqidagi tarixiy ma'lumotlar, chizmachilik asboblari, moslamalari, buyumlari va ulardan to'g'ri foyda-lanish, ularni tekshirish va to'g'rilash;
— nuqta, to'g'ri chiziq, to'g'ri chiziq kesmasi, ko'pburchak.
6 aylana, yoy, radius, diametr, kvadrat, to'g'ri to'rtburchak, geo-metrik yasashlar, tutashmalar, urinmalar o'tkazish, to'g'ri chiziq kesmasini teng bo'laklarga bo'lish, o'zaro parallel va peфendikulaг chiziqlar o'tkazish, konuslik va qiyalik;

  • masshtablar, standartlar, chiziq turlari, shriftlar, raqamlar, format (bichim) lar, asosiy yozuv, o'lchamlar qo'yish, shartlilik va soddalashtirishlar, oval va ellips yasash;

  • proyeksiyalar, proyeksiyalash asoslari, proyeksiya tekislik-lari, gorizontal, frontal, profil tekisliklar, proyeksiyalash turlari, markaziy proyeksiyalash, parallel proyeksiyalash, to'g'ri burchakli ortogonal proyeksiyalash, bitta tekislikka ortogonal proyeksiyalash, ikkita o'zaro perpendikular tekislikka, uchta o'zaro perpendikular tekislikda to'g'ri burchakli proyeksiyalarni hosil qilish;

  • ko'rinishlar, asosiy, bosh, qo'shimcha, mahalliy ko'ri-nishlar, oktant, epyur, tekis chizma hosil qilish;

  • geometrik jismlar va ularning proyeksiyalari, prizma, pa­rallelepiped, kub, piramida, silindr, konus, shar (sfera);

  • oddiy model ko'rinishlarini chizish, modellarni tahlil qilish, chizmalarni o'qish, yetishmaydigan (uchinchi) proyek-siyani aniqlash;

  • aksonometrik proyeksiyalar, qiyshiq burchakli frontal dimetrik proyeksiya, to'g'ri burchakli izometrik proyeksiya, yassi shakl, geometrik jism va model (detal) laming aksonometriyalarini yasash;

  • eskiz, eskiz chizish, texnik rasm bajarish, detallarni o'l-chash asboblari yordamida o'lchash.


Download 228.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling