Chizmachilik Cizmachilik Ta’limining maqsad va vazifalari
CHIZMACHILIK FANINING NAZARIY VA
Download 228.5 Kb.
|
chizmachilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHIZMACHILIK FAN INI DTS VA UNGA rjf 3 QOYILGAN TALABLAR ASOSIDA OQITISH
CHIZMACHILIK FANINING NAZARIY VA rjj L MILLIY ASOSLARI
O'rta Osiyoda ilm-fan rivojlangan davrda me'morchilikda ham katta yutuqlarga erishildi. Bu vaqt o'rta asrlarga to'g'ri kelib, chizmachilik ilm sifatida taraqqiy etganligidan ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan dunyoviy ilmiy meroslarda saqlanib qolgan hujjat (qo'lyozma) lar guvohlik beradi. XV asrga kelib san'at va me'morchilikning rivojlanishi chizmachilik ilmining fan sifatida maydonga kelishiga asos bo'ladi. Tarixda bu davr ..Uyg'onish davri" deb ataladi. XVIII asrga kelib fransuz olimi Gaspar Monj (1746—1818) o'zidan oldingi olimlarning geometriya, me'moriy chizmachilik va perspektivaga oid ilmiy va amaliy asarlarini tahlil qilib, tasvirlashga 7 oid ilmiy asoslangan asar yozdi va uni „Chizma geometriya" deb nomlab, 1779-yilda nashr ettirdi. Bu kitob tez orada butun Yevro-paga tarqaldi va texnikada keng tatbiq qilina boshlandi. G.Monj o'zaro pcrpendikular ikkita tckislikka narsani to'g'ri burchak ostida proveksiyalashning asoschisi hisoblanadi va bu usul (metod) hanuzgacha „Могу metodi" deb yuritiladi. Shu bilan amaldagi chizmachilik ilmiga ham nazariy (grammatik) asos solinadi. XIX asrga kelib to'g'ri burchakli proyeksiyalash (tasvirlash) ning barcha usullari birlashtirilib, chizma geometriya fundamental fanga aylandi. Lekin G.Monjdan awal Abu Rayhon Beruniy (973—1048) yozib qoldiigan quyidagi „Jismlar ko'lami fazoda uch tomonlama — birinchisi uzunlik, ikkinchisi kenglik, uchinchisi chuqurlik yoki balandlik bo'ylab yo'nalgan bo'ladi. Jismning mavhum cho'zilishi emas, balki mavjud cho'zilishi shu uch chiziq bilan aniqlanadi. Bu uch tomonning chiziqlari vositasida jism olti yoqqa ega bo'lib, shuncha yoqlari bilan u fazoda chegaralanadi. Bu olti yoqlar markazida bir jonivor turgan bo'lib, uning yuzi shu yoqlardan biriga qaragan deb xayol qilinsa, u yoqlar uning old, o'ng, chap va ost (ust) tomonlari bo'ladi" satrlariga c'tibor berilsa, Abu Rayhon Beruniy G.Monj kashf etgan proyeksiyalash metodidan ancha awal to'g'ri burchakli tasvirlash usuliga asos solganligi ma'lum bo'ladi. Demak, chizmachilik ilmining nazariy va milliy asoslariga olimlarimiz ham katta hissa qo'shishgan. XVIII asrning oxirlari XIX asrning birinchi yarmiga oid chizmalarda masshtab paydo bo'ladi. XX asrning birinchi yarmidan so'ng chizmalarni chizishda qulaylik yaratish maqsadida har xil shartlilik, yozuvlar va boshqalardan foydalanildi. Asta-sekin chizmalarni soddalashtirib chizish boshlandi. '-J CHIZMACHILIK FAN INI DTS VA UNGA rjf 3 QO'YILGAN TALABLAR ASOSIDA OQITISH O'zbekiston Respublikasi Davlat Hujjatlari chizmachilik fani bo'yicha yangi tahrirdagi „ Davlat Ta'lim standarti" va „Chizmachilik fanidan o'quv dasturi" hisoblanib, umumiy o'rta ta'lim maktab-larida chizmachilik kursi ta'limining umumiy maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Chizmalarni o'qish va chizish orqali o'quvchilarning fazoviy tasawuri va mantiqiy tafakkurini, ijod qilish, bunyodkorlik, loyihalash kabi sifatlarini rivojlantiradi. Darsda o'quvchilar faoliyatining xilma-xilligini ta'minlash chizmachilik o'qitish metodikasining vazifalaridan biri hisoblanadi. Grafik ta'lim o'ziga xos xususiyati va mohiyati, chizmalarni o'qishga doirbilim va malakalar hajmi texnikaga taalluqli sistemalashtirilgan bilimlar bilan xarakterlanadi. Olimlar o'quvchilarning ketma-ket o'tiladigan ikki darsdagi ish qobiliyatlarini tekshirib, ular dastlabki 10—15 daqiqada 10 ta so'zdan 9 tasini, keyingi 5 daqiqada yangi bilimlar ololmasligini va eski bilimlar bilan ishlashini, navbatdagi 20—25 daqiqada 10 ta so'zdan 6 tasini esda saqlashlarini, ya'ni 60 foiz o'zlashtirishini aniqlashdi. So'nggi 35—40 daqiqada yangi bilimlarni o'zlashtira olmas ekanlar. Ana shu tadqiqotlar natijalariga ko'ra chizmachilik bo'yicha o'quvchilar bilimlarini tez-tez tekshirib turish maqsadida chiz-machilikdan qisqa muddatli didaktik o'yinlardan foydalanish tavsiya etiladi (I.Rahmonov. Chizmachilikdan didaktik o'yinlar. „0'qi-tuvchi", 1992). Chizmachilikdan didaktik o'yinlar, asosan, qisqa muddat ichida o'quvchilarning bilimlarini aniqlashga mo'ljallangan. O'quvchilarning dars jarayonida qanday o'zlashtirayotganliklarini aniqlab borish maqsadida testlardan ham foydalanish yaxshi natija beradi (I. Rahmonov. Chizmachilikdan testlar. Т., ,,0'qituvchi", 1994. I. Rahmonov. Chizma geometriya kursi va texnikaviy grafikadan testlar. Т., ,,0'qituvchi", 1996). Dars jarayonida har bir mavzuga puxta tayyorgarlik ko'rish va ko'gazmali qurollardan samarali foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, kirish qismida chizmachilik fanining rivojlanish tari-xiga oid mavzu o'tilayotganda ajdodlarimiz qoldirgan turli ko'ri-nishdagi chizmalarni sinfdagi barcha o'quvchilarga ko'rinadigan kattalikda (Al bichimda) plakat ko'rinishida tayyorlab, darslarda foydalanish tavsiya etiladi. Chizma shriftlari turli ranglarda chizilgan plakat tarzida ko'rgazmali qo'llanmadan tushuntirib berilgandan keyin o'qituv-chining o'zi ayni mavzuni sinf taxtasiga chizib tushuntirishi yaxshi samara berishini unutmaslik kerak. Geometrik yasashlar bobidagi mavzularga plakatlar tayyorlash bilan bir qatorda o'zaro parallel va pcrpendikular, aylana teshik yoki chiqiq, qiyalik va konuslik kabi elementlarga ega bo'lgan bir qancha texnik detallarning aslini ko'rsatish orqali dars o'tish tavsiya etiladi. Tutashmalar mavzularida plakatlar bilan bir qatorda, turli tutashmalarga ega bo'lgan detallarning asl nusxalarini namoyish etish, sinf taXtasiga chizib tushuntirish va o'quvchilar qanday (i/laslitirayotganliklarini aniqlab borish maqsadida detalda qanday tutashma turi borligi va ularning nomlarini aytib berish so'rab turiladi. Proyeksiyalash asoslari (usullari) chizmachilik fanining ncgizini tashkil qilgani uchun ham bu mavzularga o'ta diqqat bilan yondashish lozim. Proyeksiyalash usullarini tushuntirishda markaziy proyeksiyalash uchun simdan, butun sinfga ko'ri-nadigan kattalikda, asosi uchburchakli piramida yasalib, uning uchi S proyeksiyalash markazi, yon qirralari SAr SBr SC{ lar proyeksiyalash nurlari va asosi A{ By C, uchburchak ABC ning proyeksiyalar tekisligi H dagi proyeksiyasi deb tushuntiriladi. Uchburchak ABC tckislikning o'zi kartondan yasalib piramida uchi va asosi oralig'iga joylashtirilgan bo'ladi. Parallel proyeksiyalashni tushuntirishda simdan asoslari bir xil uchburchakli prizma yasalib, asoslarini birlashtiruvchi sim (yon qirralari) proyeksiyalash nurlari deb qabul qilinadi va H tekislikdagi asosi ustidagi asosining proyeksiyasi deb tushuntiriladi. Prizmaning yon qirralari H tekislikka nisbatan qiya qilib olinsa, qiyshiq burchakli, tik (perpendikular) joylashtirilsa, to'g'ri burchakli (ortogonal) proyeksiyalash hosil bo'lishi tushuntiriladi. H,V,W tckisliklar tizimining modelini tushuntirishda H tekis-likni xona poli, V tekislikni xonadagi sinf taxtasi osilgan devor, W tekislikni o'quvchilarning o'ng tomonidagi devorga taqqoslash doim esda saqlanib qolishiga yordam beradi. Ko'rinishlar bobidagi mavzularni o'tishda turli ko'rinishdagi bir nechta detallar, modcllar bilan darsni jihozlash tavsiya etiladi. Bitta detaining ko'rinishlarini aniqlab ko'rsatilgandan kcyin o'quvchilar bilan savol-javob usulida qolgan detallarning bosh (olddan), ustdan. chapdan ko'rinishlarini aniqlashda barcha o'quvchilarning faol qatnashishlarini tashkil qilish yuqori natija beradi. Model (dctal) ni tahlil qilishda uning qanday gcometrik jismlardan tashkil topganligini aniq ajratib ko'rsatish orqali tushuntirish, har bir jismning texnikada bajaradigan vazifasini alohida ta'kidlab o'tish joiz. Masalan, silindr aylanma harakatlarda tatbiq qilinadi va hokazo. Chizmalarni o'qish eng murakkab mavzu hisoblanadi. Shuning uchun dastlab har bir geometrik jismning turli vaziyatlarda H, V, W tekisliklardagi proyeksiyalari qanday ko'rinishlarda tasvirlanishi to'g'risida tegishlicha bilim va ko'nikmalar hosil qilishga erishish zarur. Shundan keyin detal yoki modclning qanday geometrik jismlardan tuzilganligi uning chizmasi orqali tahlil qilinsa, chizmani tez va oson idrok qilish mumkin hamda uni o'qish ancha oson-lashadi. Aksonometrik proyeksiyalar bobidagi mavzularda akso-nometriya turlari tushuntirilayotganda, aksonometrik tekislik P ga nisbatan olinadigan proyeksiyalash yo'nalishiga e'tibor beriladi. Qanday vaziyatda izometriya yoki dimetriya hosil bo'lishi tushuntiriladi. Shunda detaining qiyshiq burchakli dimetriyasini yasashda yoki izometriyasini bajarishda xatoga yo'l qo'yilmaydi. Detaining yaqqol tasvirini yasashda kvadrat — trapetsiya, aylana — ellips ko'rinishida tasvirlanishini model orqali burib ko'rsatish yaxshi natija beradi. Eskizlar bobidagi mavzularni tushuntirishda haqiqiy texnik detal olinib, uning eskizini chizish yo'llarini sinf taxtasida bos-qichma-bosqich chizib ko'rsatish tavsiya etiladi. Detaining o'l-chamlarini chizilgan eskizga qo'yishdan oldin detal o'lehash asboblari yordamida qanday o'lehanishi o'quvchilarga tushuntiriladi. Barcha chizmachilik darslarida didaktik tamoyillar qo'llaniladi. Chizmachilik darslarini didaktik tamoyillarsiz o'tib bo'lmaydi. Download 228.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling