72
3. O‘zaro parallel va perpendikulyar vallar qanday buyumlarda qo‘llanadi?
4. Aylanma harakat davrida val va teshikda yemirilish hodisasi ro‘y beradi.
Uning oldini olish uchun nima qilish zarur?
5. Nima uchun texnikada aylanma harakatlardan foydalaniladi?
6. Nima sababdan «Mexanik qo‘l» konstruksiyasi loyihalanishi kerak?
7. «Mexanik qo‘l»ni nima bilan almashtirish mumkin?
27.10-chizmada sovg‘a solinadigan kesik piramidasimon
qutining yoyilma-
si berilgan bo‘lib, uni fi kr yuritib, mantiqiy
mulohaza asosida maketning
konstruksiyasini tiklang.
T. 1. O‘zaro parallel vallarni aylanma harakatga keltirishda qanday tishli
uzatmalardan foydalaniladi?
A. Konussimon. B. Silindrik. C. Reykali. D. Vintli.
2. Aylanma harakat davrida almashtirib turiladigan
vtulka qanday materi-
aldan tayyorlanadi?
A. Po‘latdan. B. Cho‘yandan. C. Bronzadan. D. Alumindan
.
3. Ilk bor yaratilgan buyum nima deyiladi?
A. Model. B. Detal. C. Konstruksiya. D. Maket.
4. Arra tishlari qanday asbob bilan o‘tkirlanadi?
A. Charx bilan.
B. Qayroq tosh bilan.
C. Egov bilan.
D. Qum qog‘oz bilan.
7. A-grafi k ish. Konstruksiyalash (loyihalash) masalalari. O‘qituvchi
top shirig‘i asosida bajariladi.
28-§. KOMPYUTERDA TO‘G‘RI CHIZIQ,
BURCHAK VA TEKIS SHAKLLARNI
YASASH
Kompyuterni texnologik
jarayonga tatbiq qilish, bir xil hisoblash-
larning katta qismini bajarishdan ozod qiladi.
Ilmiy tekshirish ishlarida
qaysi konstruksiya afzalligini tanlashga imkon beradi. Hozirgi shaxsiy
elektron hisoblash mashinalari displey ekranida
grafi k tasvir chiqarish im-
koniyatiga ega. Shuning uchun elektron hisoblash mashinalaridan chizma-
chilar,
konstruktorlar, loyihachilar mehnatini avtomatlashtirishda foydala-
nadilar.
Displey ekranida chizma chizish uchun kompyuterdan foydalanuvchi «In-
formatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi
lozim, ayniqsa, kompyuter grafi kasi bo‘limini.
Do'stlaringiz bilan baham: