Chizmachilik lotin 2019. indd


Download 5.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/57
Sana16.11.2023
Hajmi5.37 Mb.
#1781918
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57
Bog'liq
Chizmachilik lotin 2019. indd

Deraza va eshiklar. Bino qurish paytida deraza va eshiklar o‘rnilari 
qoldiriladi. Yirik panelli binolarda deraza romlari bir yo‘la zavodning o‘zida 
o‘rnatiladi. Deraza va eshiklar o‘rnatish joyiga qarab bir qavatli, ikki qavatli, 
bir tavaqali, bir yarim tavaqali, ikki tavaqali bo‘ladi.
Pechkalar. Bitta qozon orqali bitta yoki bir nechta binolarni isitish mar-
kaziy, bevosita xonani pechka bilan isitish mahalliy isitish deyiladi.
Mo‘rkon va mo‘ri (ventilatsiya) kanallari. Xonalarni mahalliy isitishda 
pechkalardan tutun chiqadigan mo‘rkonlar bilan bir qatorda, xonani shamol-
latish maqsadida ventilatsiya kanallari quriladi.
Sanitariya-texnika jihozlari. Binolarni sovuq, issiq suvlar, gaz bilan 
ta’minlash va kanalizatsiya, shamollatish hamda isitish vositalarida ishlatila-
digan jihozlar sanitariya-texnika jihozlari deyiladi.
Qurilish chizmalarini chizishda shartlilik va soddalashtirishlar kesimda 
materiallarni shtrixlash, isitish va sanitariya-texnika jihozlari, bino elementlari 
to‘g‘risida tushuncha oldingiz. Olgan bilimlaringiz asosida endi sizlar quri-
lish chizmalarini bemalol o‘qiy olishingiz mumkin. Buning uchun bosh plan
plan, fasad va qirqimlarning ahamiyati to‘g‘risida fi kr yuritinglar. Planda 
nimalar tasvirlanishini ko‘z oldingizga keltiring. Fasad va qirqimlarning bir-
biridan farqini ajrating. Chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar qanday 
bo‘lishini eslang. Shundan keyin qurilish chizmalarini quyidagicha o‘qishga 
o‘ting:
1. Asosiy yozuvdan chizmada nima tasvirlanganligini, ya’ni turarjoy,
muassasa, muhandislik (injenerlik) qurilishi, qishloq xo‘jaligi, zavod yoki 
yana bir boshqaga tegishli ekanligi aniqlanadi.
2. Plan, qirqimlar, fasadlar diqqat bilan o‘rganiladi. Qirqimga tushgan 
yuzalar asosiy kontur chiziqda, qolganlari ingichka tutash chiziqlarda 
tasvirlani shiga ahamiyat bering.

Download 5.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling