Chizmachilik lotin 2019. indd
Download 5.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Chizmachilik lotin 2019. indd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bino asosi va poydevor.
http://eduportal.uz
80 31.3-chizma. 31.4-chizma. Binoning fasadi. Binoning olddan qirqim qo‘llanilmagan tasviri fasad deyiladi. Fasadlarni bino plani va qirqimiga qarab tasvirlash qabul qilingan. Fasadda binoning old tomonidan tashqi ko‘rinishi tasvirlanadi. Fasadda yer sathi, deraza, eshik, tom va boshqa balandliklar belgilari qo‘yilishi mum- kin (32.1-chizma, b va 32.2-chizma). Qurilish chizmalarida kichraytirish masshtablari qo‘llaniladi. Bosh plan- lari M 1 : 500 yoki M l : 1000 da chiziladi. Binolarning katta va kichikligiga qarab ular M l : 100 yoki M l : 50 da chiziladi. Bitta chizmada bino va uning elementlari turli masshtablarda chizilishi mumkin. U vaqtda har bir tasvirga uning masshtabi yoziladi. Qurilish chizmalaridagi chiziqli o‘lchamlar, asosan, mashinasozlik chizmalaridagidek millimetrlarda qo‘yiladi. Ba’zida santimetrlarda ham- http://eduportal.uz 81 da belgilar metr va santimetrlarda qo‘yilishi mumkin. Belgining bir uchi strelka, ikkinchi tomoni tokcha bo‘lib, unga belgi qo‘yiladi. O‘lchamlarni yopiq zanjir tarzida qo‘yish qabul qilingan. O‘lcham chiziqlarining chiqa- rish chiziqlari bilan kesishgan joylariga 45° qiyalikdagi shtrix chiziqchalari chiziladi. Bino asosi va poydevor. Binoning yer osti qismi poydevor deyiladi. U binodan keladigan barcha yukni tuproqqa (gruntga) o‘tkazib yuborish uchun xizmat qiladi. Poydevorlar binolar turiga qarab har xil bo‘ladi (31.4-chizma). 1. Qurilish chizmalari nima uchun kerak? 2. Bosh planga nimalar kiradi? 3. Binoning planida nimalar tasvirlanadi? 4. Binoning qirqimi qanday ko‘rsatiladi? 5. Binoning fasadi nima? O‘qiyotgan maktabingizning bosh plani, maktab plani, fasadi va qirqimi qanday bo‘lishini chizib ko‘rsating. Binoning qanday ko‘rinishi tasvirlangan (31.5-chizma)? A. Plan. B. Fasad. C. Poydevor. D. Yon fasad. Download 5.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling