Chizmachilik lotin 2019. indd


Download 5.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/57
Sana16.11.2023
Hajmi5.37 Mb.
#1781918
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
Bog'liq
Chizmachilik lotin 2019. indd

31.5-chizma.
32-§. QURILISH CHIZMALARINI O‘QISH
Qurilish chizmalarini o‘qishni boshlashdan oldin bino elementlari haqida 
ma’lumotga ega bo‘lish zarur (32.1-chizma).
Sokol. Bino tashqi devorining poydevori ustida joylashgan enliroq qismi 
sokol hisoblanadi. U devordan 10–12 cm chiqib turadi. Ba’zida 4 cm gacha 
ichkariga kirib turishi mumkin.
Devorlar. Asosiy tashqi va ichki, to‘siq (parda) devorlar ko‘rinishida 
bo‘ladi. Tashqi va ichki asosiy devorlarda tutun uchun mo‘rkon, xonalar-
ni shamollatish uchun kanal (mo‘ri)lar quriladi. Parda devorlar qalinligi
8–12 cm bo‘ladi.
Karniz (bo‘g‘ot). Bino devorining yuqori qismidagi gorizontal chiqiq. 
Bino tomini tutib turadi va devorni yog‘in-sochindan himoya qiladi hamda 
bezash uchun ham xizmat qiladi.
6 – Chizmachilik 9, uzb.
http://eduportal.uz


82
32.1-chizma.
Yopmalar. Ko‘p qavatli binolarda qavatlar orasidagi va chordoq bilan 
xona orasidagi gorizontal to‘siq yopma deyiladi. Yopmaning ustki qismi xona 
poli, ostki qismi xona shifti hisoblanadi.
http://eduportal.uz


83
Pol. Sanoat binolarida pollar bevosita tuproq (grunt) ustiga quriladi. Fu-
qarolar binolarida pollar balkalar yoki lagalar ustiga o‘rnatiladi.
Tomlar. Turli tabiat hodisalari: yog‘ingarchilik, quyosh issig‘idan, sha-
mollardan saqlash uchun xizmat qiladi. Tomlar bir, ikki, to‘rt nishabli hamda 
chodirsimon bo‘ladi.
Zinapoya. Ko‘p qavatli binolarda yuqori qavatlarga chiqish va ulardan 
tu shish uchun zinapoyalar quriladi. Zinapoya joylashgan xona zinaxona, oyoq 
qo‘yib chiqadigan qiyalik marsh (zinaning ikki supa orasidagi qismi) deyila-
di. Bir marshdan ikkinchi marshga o‘tadigan joy maydoncha (supa), zinapoya 
marshlarini ko‘tarib turadigan og‘ma to‘siqlar kosour (zina to‘sini) deyiladi. 
Zinapoya tutqichi zinapoya marshidan hisoblaganda 90 sm dan oshmasligi 
lozim.

Download 5.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling