Chizmachilik lotin 2019. indd
Download 5.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Chizmachilik lotin 2019. indd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zinapoya.
31.5-chizma.
32-§. QURILISH CHIZMALARINI O‘QISH Qurilish chizmalarini o‘qishni boshlashdan oldin bino elementlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish zarur (32.1-chizma). Sokol. Bino tashqi devorining poydevori ustida joylashgan enliroq qismi sokol hisoblanadi. U devordan 10–12 cm chiqib turadi. Ba’zida 4 cm gacha ichkariga kirib turishi mumkin. Devorlar. Asosiy tashqi va ichki, to‘siq (parda) devorlar ko‘rinishida bo‘ladi. Tashqi va ichki asosiy devorlarda tutun uchun mo‘rkon, xonalar- ni shamollatish uchun kanal (mo‘ri)lar quriladi. Parda devorlar qalinligi 8–12 cm bo‘ladi. Karniz (bo‘g‘ot). Bino devorining yuqori qismidagi gorizontal chiqiq. Bino tomini tutib turadi va devorni yog‘in-sochindan himoya qiladi hamda bezash uchun ham xizmat qiladi. 6 – Chizmachilik 9, uzb. http://eduportal.uz 82 32.1-chizma. Yopmalar. Ko‘p qavatli binolarda qavatlar orasidagi va chordoq bilan xona orasidagi gorizontal to‘siq yopma deyiladi. Yopmaning ustki qismi xona poli, ostki qismi xona shifti hisoblanadi. http://eduportal.uz 83 Pol. Sanoat binolarida pollar bevosita tuproq (grunt) ustiga quriladi. Fu- qarolar binolarida pollar balkalar yoki lagalar ustiga o‘rnatiladi. Tomlar. Turli tabiat hodisalari: yog‘ingarchilik, quyosh issig‘idan, sha- mollardan saqlash uchun xizmat qiladi. Tomlar bir, ikki, to‘rt nishabli hamda chodirsimon bo‘ladi. Zinapoya. Ko‘p qavatli binolarda yuqori qavatlarga chiqish va ulardan tu shish uchun zinapoyalar quriladi. Zinapoya joylashgan xona zinaxona, oyoq qo‘yib chiqadigan qiyalik marsh (zinaning ikki supa orasidagi qismi) deyila- di. Bir marshdan ikkinchi marshga o‘tadigan joy maydoncha (supa), zinapoya marshlarini ko‘tarib turadigan og‘ma to‘siqlar kosour (zina to‘sini) deyiladi. Zinapoya tutqichi zinapoya marshidan hisoblaganda 90 sm dan oshmasligi lozim. Download 5.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling