Deraza va eshiklar. Bino qurish paytida deraza va eshiklar o‘rnilari
qoldiriladi. Yirik panelli binolarda deraza romlari bir yo‘la zavodning o‘zida
o‘rnatiladi. Deraza va eshiklar o‘rnatish joyiga qarab bir qavatli, ikki qavatli,
bir tavaqali, bir yarim tavaqali, ikki tavaqali bo‘ladi.
Pechkalar. Bitta qozon orqali bitta yoki bir nechta binolarni isitish mar-
kaziy, bevosita xonani pechka bilan isitish mahalliy isitish deyiladi.
Mo‘rkon va mo‘ri (ventilatsiya) kanallari. Xonalarni mahalliy isitishda
pechkalardan tutun chiqadigan mo‘rkonlar bilan bir qatorda, xonani shamol-
latish maqsadida ventilatsiya kanallari quriladi.
Sanitariya-texnika jihozlari. Binolarni sovuq, issiq suvlar, gaz bilan
ta’minlash va kanalizatsiya, shamollatish hamda isitish vositalarida ishlatila-
digan jihozlar sanitariya-texnika jihozlari deyiladi.
Qurilish chizmalarini chizishda shartlilik va soddalashtirishlar kesimda
materiallarni shtrixlash, isitish va sanitariya-texnika jihozlari, bino elementlari
to‘g‘risida tushuncha oldingiz. Olgan bilimlaringiz asosida endi sizlar quri-
lish chizmalarini bemalol o‘qiy olishingiz mumkin. Buning uchun bosh plan,
plan, fasad va qirqimlarning ahamiyati to‘g‘risida fi kr yuritinglar. Planda
nimalar tasvirlanishini ko‘z oldingizga keltiring. Fasad va qirqimlarning bir-
biridan farqini ajrating. Chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar qanday
bo‘lishini eslang. Shundan keyin qurilish chizmalarini quyidagicha o‘qishga
o‘ting:
1. Asosiy yozuvdan chizmada nima tasvirlanganligini, ya’ni turarjoy,
muassasa, muhandislik (injenerlik) qurilishi, qishloq xo‘jaligi, zavod yoki
yana bir boshqaga tegishli ekanligi aniqlanadi.
2. Plan, qirqimlar, fasadlar diqqat bilan o‘rganiladi. Qirqimga tushgan
yuzalar asosiy kontur chiziqda, qolganlari ingichka tutash chiziqlarda
tasvirlani shiga ahamiyat bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |