Chizmachilik lotin 2019. indd


Download 5.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/57
Sana16.11.2023
Hajmi5.37 Mb.
#1781918
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57
Bog'liq
Chizmachilik lotin 2019. indd

http://eduportal.uz


80
31.3-chizma.
31.4-chizma.
Binoning fasadi. Binoning olddan qirqim qo‘llanilmagan tasviri fasad 
deyiladi. Fasadlarni bino plani va qirqimiga qarab tasvirlash qabul qilingan.
Fasadda binoning old tomonidan tashqi ko‘rinishi tasvirlanadi. Fasadda 
yer sathi, deraza, eshik, tom va boshqa balandliklar belgilari qo‘yilishi mum-
kin (32.1-chizma, b va 32.2-chizma).
Qurilish chizmalarida kichraytirish masshtablari qo‘llaniladi. Bosh plan-
lari M 1 : 500 yoki M l : 1000 da chiziladi. Binolarning katta va kichikligiga 
qarab ular M l : 100 yoki M l : 50 da chiziladi. Bitta chizmada bino va uning 
elementlari turli masshtablarda chizilishi mumkin. U vaqtda har bir tasvirga 
uning masshtabi yoziladi.
Qurilish chizmalaridagi chiziqli o‘lchamlar, asosan, mashinasozlik 
chizmalaridagidek millimetrlarda qo‘yiladi. Ba’zida santimetrlarda ham-
http://eduportal.uz


81
da belgilar metr va santimetrlarda qo‘yilishi mumkin. Belgining bir uchi 
strelka, ikkinchi tomoni tokcha bo‘lib, unga belgi qo‘yiladi. O‘lchamlarni 
yopiq zanjir tarzida qo‘yish qabul qilingan. O‘lcham chiziqlarining chiqa-
rish chiziqlari bilan kesishgan joylariga 45° qiyalikdagi shtrix chiziqchalari 
chiziladi.
Bino asosi va poydevor. Binoning yer osti qismi poydevor deyiladi.
U binodan keladigan barcha yukni tuproqqa (gruntga) o‘tkazib yuborish 
uchun xizmat qiladi. Poydevorlar binolar turiga qarab har xil bo‘ladi 
(31.4-chizma).
1. Qurilish chizmalari nima uchun kerak?
2. Bosh planga nimalar kiradi?
3. Binoning planida nimalar tasvirlanadi?
4. Binoning qirqimi qanday ko‘rsatiladi?
5. Binoning fasadi nima?
O‘qiyotgan maktabingizning bosh plani, maktab plani, fasadi va qirqimi 
qanday bo‘lishini chizib ko‘rsating.
Binoning qanday ko‘rinishi tasvirlangan (31.5-chizma)?
A. Plan. 
B. Fasad. 
C. Poydevor.
D. Yon fasad.

Download 5.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling