Chizmachilik lotin 2019. indd


Download 5.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/57
Sana16.11.2023
Hajmi5.37 Mb.
#1781918
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57
Bog'liq
Chizmachilik lotin 2019. indd

Binoning plani. Binoning plani deb uning gorizontal tekislikdagi tasvi-
riga aytiladi. Unda xonaning deraza tokchalaridan biroz yuqoriroqdan fi kran 
o‘tkazilgan tekislik bilan qirqilganda hosil bo‘ladigan qirqim tasvirlanadi 
(31.3-chizma, b).
Planda bino xonalarining joylashishi, eshik, deraza, ko‘p qavatli bino-
larda zinapoya, mo‘rkonlar, sanitariya-texnika jihozlari ko‘rsatiladi. Asosiy 
ko‘taruvchi, ya’ni qirqimga tushgan devorlar tutash yo‘g‘on chiziqda, qol-
gan bino elementlari ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi. Xonalarni ajratib 
turuvchi parda (yupqa) devorlar qirqimga tushgan bo‘lsa ham, ular ingichka 
tutash chiziqda tasvirlanadi (32.1-chizma, b).
Ko‘p qavatli binolar qavatlarida xonalarning joylashishi turlicha bo‘lsa, 
bunday turarjoyning har qaysi qavati uchun plan chiziladi. Ko‘p qavatli 
binolardagi xonalarning joylashishi bir xil bo‘lsa, eng yuqori qavat plani 
qirqimda ko‘rsatiladi. Qurilish chizmalarida qirqimga tushgan devorlar shartli 
shtrixlanmasliklari mumkin.
Binoning qirqimi. Qirqim deb, binoning profi l tekislikdagi vertikal qir-
qimiga aytiladi. Unda binoning devorlari konstruksiyasi va xonalarning ba-
landliklari, poydevor, ko‘p qavatli binolarda zinaxona, birinchi qavat poli
http://eduportal.uz


79
qavatlar 
aro yopma, chordoq va uning yopmasi, karniz, tomning nishablari 
ko‘rsatiladi. Binoning balandlik o‘lchamlari, yer sathining belgisi, pol, xona 
balandliklari, karniz, shift, tomning balandlik belgilari qo‘yiladi. Zinaxonadagi 
zina maydon chalari, zina pillapoyalari, eshik, derazalarning o‘rnilari tasvirla-
nadi. Poydevorning chuqurligi, shakli va boshqalar ko‘rsatiladi. 32.1-chizma, 
c da 1–1 va 32.2-chizma, c da 1–1 qirqim tasvirlangan.
31.2-chizma. EKSPLIKATSIYA:
1 – asosiy o‘quv binosi; 2 – ustaxona; 3 – basseyn (suzish havzasi); 4 – stadion; 
5 – gimnastika sport zali; 6 – tasviriy san’at to‘garagi xonasi; 7 – kurash xonasi; 8 – musiqa 
to‘garagi xonasi; 9 – xo‘jalik xonasi; 10 – gulzor va favvora; 11 – hojatxona; 12 – agrouchast-
ka; 13 – oshxona; 14 – meteouchastka; 15 – tibbiy ko‘rik xonasi; 16 – gulzor; 17 – garaj.

Download 5.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling