68
1. Yig‘ish chizmasining spetfi katsiyasidan foydalanib o‘qing (26.5-chizma).
2. 3-vaziyatdagi detal (planka)ning texnik rasmini bajaring (26.5-chizma).
3. Berilgan yig‘ish chizmani eskizda ko‘chirib chizing.
Vaziyat raqamlarini
qo‘ying.
A qanday detalligini aniqlang (26.7-chizma).
26.7-chizmadagi
A detal nima deyiladi?
B detal-chi?
A. Vint. B. Shayba. C. Prujina. D. Shpilka.
26.5-chizmada yig‘ish chizmasi berilgan. Undagi 4-vaziyatdagi
detalni standart ta-
labida mantiqiy fi kr yuritib o‘qing va uning o‘zini kompyuterda bajaring.
27-§. KONSTRUKSIYALASHGA DOIR MASALALAR
8-sinfda konstruksiyalash haqida qisqacha ma’lumotga ega bo‘lib, ba’zi
chizmalarni modelning o‘ziga qarab, ko‘zda
nisbatlarni chamalab, qo‘lda
chizishni mashq qilgan edingiz.
9-sinfda texnikada aylanma yoki boshqa turdagi harakatlar bilan bog‘liq
bo‘lgan masalalarning konstruksiya loyihasini bajarishni o‘rganasiz.
A. Aylanma harakatlarning konstruksiyasini loyihalash
Aylanma harakatlarning barchasida vallar (silindrik o‘q kabilar)
qatna-
shadi. Masalan, o‘ngga aylanayotgan val vositasida unga yonma-yon tig‘iz te-
gib turgan ikkinchi val ishqalanish natijasida chapga aylanadi (27.1-chizma).
Yoki o‘zaro parallel vallarni aylantirish uchun silindrik tishli g‘ildiraklardan
foydalaniladi (27.2-chizma).
Bu yerda silindrik g‘ildiraklar diametrlari bir xil bo‘lsa,
vallarning ayla-
nish chastotasi (aylanish tezligi) bir xil bo‘ladi. Agar
ularning diametrla-
Do'stlaringiz bilan baham: