61
shina parchin mixning uchini parchinlaydi (25.6-chizma,
c).
Shunda parchin
mix diametri list teshigi bilan bir xil yo‘g‘onlashadi.
Parchinlash vositasida
hosil bo‘lgan chokning chizmasi 24.6-chizma,
d da ko‘rsatilgan.
Parchin mixlarning o‘zaro
joylashishiga qarab, shaxmat tartibli va pa-
rallel choklar bo‘ladi. Biriktiriluvchi listlar uchlarining
joylashishiga qarab
uchma-uch va ustma-ust choklarga bo‘linadi. Uchma-uch choklarga tagliklar
qo‘yiladi (24.7-chizma).
Detallari parchin
mixlar bilan biriktirilgan fermaning qismi 24.8-chizmada
ko‘rsatilgan. Bunday chizmalarda parchin mixlarning o‘rni o‘q
chiziqlar bilan
almashtirilishi mumkin. Ushbu ajralmaydigan birikmalar ma’lumot uchun
berildi.
24.5-chizma.
24.6-chizma.
http://eduportal.uz
62
1. Payvand chok qanday amalga oshiriladi? Parchin mix choklarining-chi?
2. Payvand birikmalarning qanday turlarini bilasiz? Parchin mix choklarining-chi?
1. 24.5-chizmadagi payvand birikma o‘qilsin.
2. 24.8-chizmadagi parchin chok birikma o‘qilsin.
Birikma ajratish
jarayonida u sinib ketsa, qanday birikma hisoblanadi?
A. Ajraladigan.
B. Ajralmaydigan.
C. Suriladigan.
D. Qo‘zg‘aladigan.
25-§. NAZORAT ISHI
26-§. ODDIY YIG‘ISH CHIZMALARINI O‘QISH
Detallardagi ma’lum maqsadlar uchun o‘yilgan ariqcha, rezba,
faska va
shu kabilar
detal elementlari deyiladi (26.1-chizma,
a).
Ma’lumki, buyum biror maqsadni amalga oshirish uchun tayyorlanadi. Un-
dagi detallar shu buyumning doimiy ishlashini ta’minlaydi. Detal elementlari
shu detalning yaxshi ishlashi uchun xizmat qiladi. Buyumning yig‘ish chiz-
malarini tuzish, o‘qish va
detallarga ajratib chizishda, har bir detal va uning
elementlarining tuzilishini yaxshi bilish kerak. Shu maqsadda 26.1-chizma,
a da detal va uning elementlari nomlari ko‘rsatilgan.
Texnikada eng ko‘p vtulka deb nomlanuvchi detal qo‘llaniladi (26.1-chiz-
ma,
b). U mashinaning o‘q yo‘nalishidagi (bo‘ylama)
teshikli silindrik yoki
konussimon shaklli detali.
Do'stlaringiz bilan baham: