Chizmachilik lotin 2019. indd


Download 5.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/57
Sana16.11.2023
Hajmi5.37 Mb.
#1781918
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Chizmachilik lotin 2019. indd

Kinematik sxemalar. Mashina elementlarining bir-biriga nisbatan hara-
katini tushuntirib beradigan sxema kinematik sxema deyiladi. Kinematik 
sxemalar elementlari O‘zDSt 2.770:2003 ga binoan shartli belgilarda sodda-
lashtirilib chiziladi. Vallar, o‘qlar, shatunlar asosiy yo‘g‘on tutash chiziqda
qolgan elementlari ingichka tutash chiziqda chiziladi. 1-chizma, a, b da tishli 
g‘ildiraklarning harakatlarini kuzatib o‘rganadigan modellardan birining ki-
nematik sxemasi tasvirlangan.
Modelning asli o‘rnida uning yaqqol tasviri (1-chizma, a) bo‘yicha: 
chapda bir juft qiyshiq tishli silindrik ilashmadan vint (chervyak) tishli 
uzatmaga harakat beradi. O‘z navbatida, chervyak tishli ilashma reykali 
uzatmani harakatga keltiradi.
Sxema (1-chizma, b)da ushlagich (1) orqali val (I) aylantirilsa, qiyshiq 
tishli silindrik g‘ildirak (2) xuddi o‘zidek g‘ildirak (3) ni harakatga keltiradi. 
U, o‘z navbatida, val (II) ni aylanma harakat qildiradi. Val (II) dagi chervyak 
(4) chervyakli g‘ildirak (5) ni harakatlantiradi. U, o‘z navbatida, val (III) 
http://eduportal.uz


90
ni aylantiradi. Natijada silindrik tishli g‘ildirak (6) reyka (7) ni harakatga 
keltiradi.
2-chizmadagi vertikal parmalovchi uskunaning kinematik sxemasi o‘qilsin, 
unda: 2, 3, 4, 6, 14-turli ko‘rinishdagi tishli uzatmalar, 5-parma joylashtirila-
digan patron, 7-vintdagi gayka, 8-zanjirli uzatma, 9-elektr yoritgich, 10-detal-
ning val bilan biriktirilishi, 11-podshipnik, 12-detalning valga qo‘zg‘almas
biriktirilishi, 13-kulachokli mufta tasvirlangan. (Н.А. Бабулин «Построение 
и чтение машиностроительных чертежей» kitobidan olindi).
2-chizma.
http://eduportal.uz


91

Download 5.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling