Chizmalarni metrologik ekspertizasi


Download 13.8 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi13.8 Kb.
#1221900
Bog'liq
Chizmalarni metrologik ekspertizas1


Chizmalarni metrologik ekspertizasi
Barcha mamlakatlarda, jumladan O`zbekiston Respublikasi korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar ma`lum sifatga ega bo`lishini ta`minlash maqsadida ularga davlat standartlari belgilanadi.
Standart (inglizcha-norma, namuna, qoida, o`lcham)-barcha ishlab chiqarish sohalariga qo`yiladigan va vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan norma, qoida va talablarni belgilovchi normativ-texnik hujjat.
Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni standartlash ishlab chiqarishning rivojlanish sur`ati va darajasiga, sifatiga hamda iqtisodiy tejamkorlikka muhim ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Mahsulotlarni standartlash fan va texnika hamda amaliy tajribalarning oxirgi yutuqlariga tayangan holda amalga oshiriladi.
Respublikamizda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni standartlash kabi buyumlarning konstruktorlik hujjatlarini tayyorlashga ham davlat standartlari belgilanadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin standartlar qaytadan ishlab chiqilib, yangilari bilan to`ldirilgan va 1996 yilda O`zbekiston Respublikasi metrologiya va standartlashtirish davlat markazi tomonidan konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi –KHYAT (ESKD) degan umumiy,nom bilan tasdiqlangan. ESKD tarkibiga kiruvchi standartlar O`zRM va STD markazi tomonidan ma`lum tartibda belgilangan ro`yxat bo`yicha tasdiqlangan va 11.01.2002 yildan boshlab amalda joriy etila boshlangan.
ESKDning hamma standartlari 2-klassga kiritilgan va ixtisoslar bo`yicha guruhlarga bo`lingan hamda shifr guruhlari -0, 1, 2, ..., 10 raqamlar bilan belgilangan va "Umumiy qoidalar" dan tashqari 9 ta guruhga bo`lingan.
0-Umumiy qoidalar. 1-Asosiy qoidalar. 2-Konstruktorlik hujjatlarda buyumlarning klassifikatsiyasi va belgisi. 3-Chizmalarni bajarishning umumiy qoidalari. 4-Mashinasozlik va asbobsozlik buyumlari chizmalarini bajarish qoidalari. 5-Konstruktorlik hujjatlarining qo`llanish qoidalari. 6-Ekspluatatsiya va remont hujjatlarini boshqarish qoidalari. 7-Sxemalarni bajarish qoidalari. 8-Qurilish hujjatlarini bajarish qoidalari. 9-Boshqa standartlar.
ESKD "Chizmalarni bajarishning umumiy qoidalari"ning barcha standartlari quyidagi tuzilishda belgilanadi. Masalan, "Chizma formatlari" DST (GOST)-2-301-97 standartlarini olib qaraylik.
GOST-davlat standarti.
2-ESKD standartlari klassi.
3-Standartning klassifikatsion guruhi nomeri.
01-Bu ikki raqam standartning guruhdagi tartib nomeri.
97-Standart tasdiqlangan yilning oxirgi ikki raqami.
Masalan, ESKDning "Chizmalarni bajarishning umumiy qoidalari" standartlarida masshtablar GOST2-302-97; chizma chiziqlari GOST2-3003-97; chizma shriftlari GOST2-304-96 deb belgilangan va hokazo
Davlat standartlari rasmiy hujjat bo`lib, uning talabalrini buzuvchilar qonun oldida javobgardirlar. Buyum (mahsulot) ishlab chiqaruvchi va konstruktorlik hujjatlari tayyorlovchi barcha tashkilotlar davlat standartlariga rioya qilishga majburdirlar.
Shuningdek, chizmalar chizishda ESKD standartlariga amal qilish barcha o`quv yurtlari uchun majburiy hisoblanadi.
Download 13.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling