Choʻkindi togʻ jinslari
Download 93.32 Kb.
|
cho'kindi tog' jinslari
Choʻkindi togʻ jinslariChoʻkindi togʻ jinslari - moddaning suvda choʻkishi yoki havodan tushishidan hamda quruqlik yuzasi, dengiz okean havzalaridagi muzlar faoliyati natijasida hosil boʻladigan tof jinslari. Choʻkish mexanik (ogʻirlik kuchi taʼsiri va muhit dinamikasining oʻzgarishidan), kimyoviy (suvli eritmaning toʻyinish konsentratsiyasiga yetishidan va almashinuv reaksiyalari natijasida) hamda biogen yoʻl bilan (organizmlar hayot faoliyati bilan bogʻliq) sodir boʻladi. Choʻkindi togʻ jinslari choʻkish xarakteriga koʻra, chaqiq, kimyoviy va biogen jinslarga boʻlinadi. Choʻkindi togʻ jinslarini hosil qiladigan asosiy manbalar: Yer poʻstini tashkil qilgan magmatik, metamorfik va qad. chukindi jinslar; tabiiy suvlarda erigan komponentlar; atmosfera gazlari; organizmlarning hayot faoliyati jarayonida hosil boʻladigan mahsulotlar; vulkanogen materiallardan iborat. Hozirgi zamon okean choʻkindilari va qad. choʻkindi jinslarda kosmik material va organik qoldiqlar ham uchraydi. Baʼzi Choʻkindi togʻ jinslari (ohaktosh, kumir, diatomit va boshqalar) butkul organik qoldiqlardan tarkib topgan. Zarra (donalar)ning oʻlchami, ularning shakli va uzaro birikmalari Choʻkindi togʻ jinslari struktururasini belgilaydiChoʻkindi togʻ jinslari shakli va hajmi turlicha boʻlgan qatlam, linza va boshqa shakllardagi geologik jismlar hosil kilib, Yer pustila normal gorizontal, qiya yoki murakkab burmalar tarzida yotadi. Ushbu jismlarning ichki tuzilishi (donalar zarralarning uzaro joylashuvi va yoʻnalishi bilan bogʻliq) va boʻshliqni qay yoʻsinda toʻldirishi Choʻkindi togʻ jinslari te ketu ras i deyiladi. Choʻkindi togʻ jinslari quyidagicha hosil boʻladi: tub togʻ jinslarining yemirilishidan paydo boʻlgan dastlabki mahsulot suv, shamol, muzliklar bilan koʻchib, quruqlik yuzasi va suv havzalariga choʻkadi. Natijada turli xil komponentlardan tuzilgan boʻsh va gʻovak, suvga toʻyingan choʻkindi hosil boʻladi. Bu choʻkindi murakkab va xilma-xil fizik-kimyoviy (qisman biologik) sistemadan iborat boʻlib, vaqt oʻtishi bilan asta-sekin choʻkindi jinsga aylanadi . Choʻkindi togʻ jinslarining tasnifi ularning tarkibi va genezisiga koʻra 10 dan ortiq guruhga ajratiladi: chaqiq jinslar, gillar, glaukonitli, glinozyomli, temirli, marganetsli, fosfatli, kremniyli, karbonatli jinslar, tuzlar, kaustobiolitlar va boshqa Asosiy guruhlardan tashqari aralash tarkibli jinslar ham bor. Choʻkindi togʻ jinslari kimyoviy tarkibiga koʻra magmatik jinslardan farqlanadi: jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibi turlicha boʻladi; tarkibida suv, karbonat kislota, organik uglerod, kalsiy, oltingugurt, galoidlar koʻp boʻladi; temir oksidi bilan temir (II) oksidi nisbati katta.Choʻkindi togʻ jinslari shakli va hajmi turlicha boʻlgan qatlam, linza va boshqa shakllardagi geologik jismlar hosil kilib, Yer pustila normal gorizontal, qiya yoki murakkab burmalar tarzida yotadi. Ushbu jismlarning ichki tuzilishi (donalar zarralarning uzaro joylashuvi va yoʻnalishi bilan bogʻliq) va boʻshliqni qay yoʻsinda toʻldirishi Choʻkindi togʻ jinslari te ketu ras i deyiladi. Choʻkindi togʻ jinslari quyidagicha hosil boʻladi: tub togʻ jinslarining yemirilishidan paydo boʻlgan dastlabki mahsulot suv, shamol, muzliklar bilan koʻchib, quruqlik yuzasi va suv havzalariga choʻkadi. Natijada turli xil komponentlardan tuzilgan boʻsh va gʻovak, suvga toʻyingan choʻkindi hosil boʻladi. Bu choʻkindi murakkab va xilma-xil fizik-kimyoviy (qisman biologik) sistemadan iborat boʻlib, vaqt oʻtishi bilan asta-sekin choʻkindi jinsga aylanadi . Choʻkindi togʻ jinslarining tasnifi ularning tarkibi va genezisiga koʻra 10 dan ortiq guruhga ajratiladi: chaqiq jinslar, gillar, glaukonitli, glinozyomli, temirli, marganetsli, fosfatli, kremniyli, karbonatli jinslar, tuzlar, kaustobiolitlar va boshqa Asosiy guruhlardan tashqari aralash tarkibli jinslar ham bor. Choʻkindi togʻ jinslari kimyoviy tarkibiga koʻra magmatik jinslardan farqlanadi: jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibi turlicha boʻladi; tarkibida suv, karbonat kislota, organik uglerod, kalsiy, oltingugurt, galoidlar koʻp boʻladi; temir oksidi bilan temir (II) oksidi nisbati katta.Choʻkindi togʻ jinslari dan gil (gil, argillit, gilli slanetslar — 50% ga yaqin), qumtosh (qum va qumtoshlar) va karbonatli jinslar (ohaktoshlar, dolomitlar 45% cha) keng tarqalgan.Choʻkindi togʻ jinslari dan gil (gil, argillit, gilli slanetslar — 50% ga yaqin), qumtosh (qum va qumtoshlar) va karbonatli jinslar (ohaktoshlar, dolomitlar 45% cha) keng tarqalgan.Yer yuzasida Choʻkindi togʻ jinslarining hosil boʻlishi va joylashuvi iqlim va tektonik sharoitlar bilan aniqlanadi. Geosinklinallarda Choʻkindi togʻ jinslarining katta qatlamlari yigʻiladi, platformalarda esa, aksincha ularning qalinligi kam boʻladi. Choʻkindi togʻ jinslari Yer poʻsti massasining 10% ni tashkil qilib, Yer yuzasining 75% ni qoplaydi. Quruqlikdagi Choʻkindi togʻ jinslarining 75% geosinklinal oblastlarda boʻlib, 25% platformalarga toʻgʻri keladi. Yer qaʼridan olinadigan jami foydali qazilmalar (koʻmir, neft, tuzlar, temir, marganets va alyuminiy rudalari, oltin va platina sochmalari, olmos, fosforitlar, qurilish materiallari va boshqalar)ning 75% Choʻkindi togʻ jinslariga tugʻri keladi.Download 93.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling