Cholg‘u musiqasi Mavzu rejasi


Download 36.29 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi36.29 Kb.
#1409664
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi

Mirsodiq Tojiyev. Atoqli o‘zbek simfonist kompozitori Mirsodiq Tojiyev (1944-1996) XX-asr uzbek musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi. U o‘ziga xos ovozi bilan musiqani turli janr va shakllarida xilma-xil, milliy ruh bilan sug‘orilgan asarlar yaratdi.
M.Tojiyev o‘z faoliyati davomida 19 ta simfoniya yaratgan:

1972-yili Simfoniya № 2; 1972-yili Simfoniya № 3; 1975- yili Simfoniya №4 “Otam xotirasi” deb ataladi va 2-jahon urushining g‘alabasini 30 yilligiga bag‘ishlangan; 1976-yili simfoniya №5, mashhur dirijyor Zohid Haqnazarovga bag‘ishlangan; 1977-yili simfoniya №6; 1978-yili Simfoniya №7; 1978-yili Simfoniya №8; 1979-yili Simfoniya №9; 1982-yili Simfoniya №10; 1983-yili Simfoniya №11; 1985-yili Simfoniya №12 “Xotira” deb ataladi; 1986-yili Simfoniya №13; 1989-yili Simfoniya №14; 1991 va 92-yillarda №15, “Arxipelag Gulag”, №16 “Ruhlar nidosi” va №17 simfoniya “Somon yo‘li nomli simfoniya-trilogiya»; 1994-yili Simfoniya №18; 1995-yili simfoniya №19 “Qahramonlik”. Mustaqil O‘zbekistonning istiqloliga bag‘ishlangan mazkur simfoniyalardan 7, 8, 12 va 18-lari kamer simfonik orkestr uchun yozilgan.
Kompozitor M.Tojiyev yaratgan barcha simfoniyalar mazmun, uslubiy yo‘nalish g‘oyaviy-estetik xilma-xil bo‘lsalarda, ammo ularning mavzulari ijtimoiy-siyosiy davr sadosi bilan vatanimizning tarixi tabiati bilan chambarachas bog‘liqdir. Ya’ni u simfoniyalarda yaxshilik va yomonlik, urush va tinchlik, muhabbat va nafrat, tarix va zamonaviylikning o‘lmas mavzularini aks etishga harakat qildi. Ushbu asarlarni yaratishda kompozitor ongli ravishda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni, yuksak mas’uliyatni chuqur his qilib, yillar davomida o‘z ustida ishladi, ijod sirlarini sabot bilan egallab bordi, klassik kompozitorlarni va S.Prokofyev, D.Shostakovich, I.Stravinskiy, A.Xachaturyan ijodlarini sinchiklab o‘rgandi, ulardan ibrat oldi va asarlarida ularga yondashdi. Shu bilan birga M.Tojiyev o‘zbek xalq musiqa merosini, ayniqsa, maqom uslubiy yo‘nalishni o‘zlashtirdi. O‘zining simfoniyalarida Sharq va G‘arb musiqiy an’analaridan unumli foydalandi, ularni go‘zal uyg‘unlik jozibasiga erishdi va ijodiy yutuqlarni qo‘lga kiritdi.
Uning ilk asarlaridayoq o‘ziga xos ijodiy xususiyatlar, ya’ni: milliylikka intilish, shaxsiy individuallikka erishish, simfonizm tafakkurida obrazli fikrlash, konflikt kontrast emotsionallikni uyg‘unlashtirish kabi masalalar namoyon bo‘ladi va yaratgan simfoniyalari bunga yorqin misol bo‘la oladilar. Bu o‘rinda kompozitorning 3- va 4-simfoniyalari yorqin misol bo‘la oladilar.
M.Tojiyev to‘rt qismli 3-chi simfoniyasining (1972 y) birinchi qismi ikki bo‘limdan iborat: 1-bo‘limi asta-sekin harakatda, arfa, fortepiano va torli cholg‘ularni akkord fonida, Buzruk maqomini Saraxbori o‘zgartirilgan holatda tuzilgan o‘ychan-ma’yusli asosiy mavzu asta-sekin bas-klarnet ijrosida namoyon bo‘ladi. Notada ko‘rsatilgan mavzu uchinchi qaytarishdan so‘ng klarnet mavzuni davom ettiradi, bas klarnet ijrosida esa kuy o‘zgara boshlaydi. Keyin soloni fleytalar rivojlangan holda davom ettirib, torli cholg‘ularda jaranglaydi, arfa qo‘shiladi, fleytalarda[1]
kuy kengaytirilgan holatda o‘tadi va orkestrning avj nuqtasiga ko‘tarilish jarayonida valtorna va trubalar sadolarida tema o‘tadi, avj nuqtasidan so‘ng, torli cholg‘ular sadosida ikkinchi tahsirchan yorqin lirik tema namoyon bo‘ladi. Birinchi mavzu bilan ikkinchi yondosh lirik mavzuning o‘rtasida tafovut yo‘q desa ham bo‘ladi.
Mazkur mavzularning har biri rivojlanish jarayonida sekin-asta, sezilmasdan yangilanib borib, o‘zining jo‘shqin avjiga yetadi. Biroq torli cholg‘ular tremolosi fonida trubalarning ekspressiv monologi bilan boshlanuvchi markaziy keskin kontrast epizod (ikkinchi bo‘limi – Allegro)ga qadar maqom ruhiyati va shakli saqlanib, tez harakatli Adajio – ikkinchi bo‘limiga o‘tib ketadi. Bu bo‘limda ikkala mavzular bir oz o‘zgargan holatda, turli qo‘shimcha sadolar bilan jo‘shqin harakatlar orqali avj cho‘qqisiga ko‘tariladi.
Avj cho‘qqusidan so‘ng yana asta-sekin fleytaning yolg‘iz xuddi “xayrlashuv” ohang kabu jaranglash bilan birinchi qism yakunlanadi. Umuman simfoniyaning birinchi qismida kompozitor sonata amaliyotiga xos elementlardan mukammal ravishda foydalangan bo‘lsada, lekin bu qism asosan maqom shakli va uslubiy yo‘nalishida yaratgan. Ya’ni asarning ichki moxiyati, tuzilishi zamonaviy musiqa san’atiga xos bo‘lgan kompozitorning subyektiv shaxsiy falsafiy dunyo qarashi va his-tuyg‘usidan mushtarak obyektiv tuyg‘ulargacha o‘z ifodasini topa olganligi, maqom asosida tuzilgan tematizm rivojlanishida kuychanlik hal qiluvchi vosita bo‘lib xizmat qilishi, tinglovchida yaxshi taassurot qoldiradi. Shunday qilib bu qismda sonata, uch qismli va rondosimon shakllarning birlashmasi (sintezi), hamda ularning kontrastli alomatlari keng ravishda nomoyon bo‘ladi.
Simfoniyaning ikkinchi qismi bir-biriga yaqin “bolamga o‘xshaydi ovozing sening” xorazm xalq qo‘shig‘ini o‘zgartirilgan holatida ikkita mavzu tokkata sifatida skerso kabi juda tez suratda boshlanishdan to tugallanishiga qadar jo‘shqin to‘lqinli tebranishlar orkestr sadosida mukammal ko‘taringki ruhda yangraydi va tinglovchini o‘z doirasiga beixtiyor tortadi va maftun qiladi. Bunga sabab jozibali-lirik xalq qo‘shig‘ini qayta ishlash jarayonida har bir taktda bir xil usul tebranishi, kuyning intonatsiyalari o‘zgarishi tufayli tez harakatli temp, tokkatali usul garmonik vositalar, orkestrning boy sadolari asarning jo‘shqin ruhini ko‘taradi.
Simfoniyaning uchunchi qismi xuddi to‘rtinchi qismdagi kabi arfa, fortapiano va torli cholg‘ular guruhini sado fonida maqom uslubida yaratilgan mavzu klarnet, fleyta cholg‘ularida paydo bo‘lib, rivojlanish jarayonida yog‘ochli, keyin misli cholg‘ularda namoyon bo‘lib rivojlanadi. Ya’ni tinglovchining xayolini yana simfoniyaning birinchi qismi falsafiy-ruhiy holatga chorlasa ham, lekin bu qismda qandaydir g‘amgin nido paydo bo‘lib rivojlanish jarayonini avj nuqtalarida lirik obraz qahramoniy-fojia darajasigacha ko‘tariladi. Bunda bir maromli qayg‘u xarakterli akkordlarning sadosi, ayniqsa, fagot ijrosida o‘tadigan temaga yog‘ochli cholg‘ular guruhi qo‘shilib orkestrni avj cho‘qqisiga ko‘tariladi va asosiy mavzu yakka fleyta ijrosi bilan bu qism tugaydi.
Simfoniyaning to‘rtinchi qismi Allegro erkin ravishda, rondo-sonata shaklida yozilgan. Bu qism xuddi ikkinchi qism kabi shiddatli, dovul kabi tez harakatli jarayonda raqssimon mavzu butun orkestr sadosida goh sershovqin, bayram kabi quvnoq kayfiyatga, goh “yovuzli” bezovta qiladigan harakatlar lazzatga chorlaydi. Bunday kayfiyatga chorlashda raqssimon tez harakatga keltiruvchi asosiy mavzu fleyta-pikolo, fleytalar, klarnetlar,undan so‘ng torli cholg‘ularda namoyon bo‘lib, rivojlanish jarayonida orkestrning fakturasida urg‘u cholg‘ular bilan dissonans va konsonas akkordlarni tez-tez almashuvlari, ohangdosh bas ovozlar, dominanta negizini silashlar tufayli diatonik lad (mi eoliy-frigiy ladlar), tembrlarning rang-barang sadolari, taktlar oralarida paydo bo‘ladgan sinkopalar. Ikkinchi lirik yondosh mavzu oynali reprizada, turli dinamik vositalari tez-tez qo‘llanishlari, orkestrni sadosi kabi alomatlar katta kodaga olib keladi va asar ko‘tarinki ruh bilan tugaydi.
M.Tojiyev uchinchi simfoniyasida to‘rt qismli an’ana saqlagan holda, asarning botiniy tuzilishini erkin ravishda maqom an’analariga payvand qilishga qaratdi.
M.Tojiyevning, yuqorida zikr qilganimizdek, ijodi faoliyatida simfoniya musiqa ustuvor yo‘nalish sifatida gavdalandi.


Download 36.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling