Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi
Download 7.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf Jahon tarixi (2019)
Òashqi siyosat. Rossiya XIX asrda ham boshqa buyuk davlatlar
qatori bosqinchilik urushlarini to‘xtatmadi. Jumladan, uzoq davom etgan urushlardan so‘ng, 1864-yilga kelib, butun Kavkaz Rossiya tarkibiga kiritildi. Ayni paytda O‘rta Osiyoni bosib olish uchun harbiy harakatlar boshlab yuborildi. 8 – Jahon tarixi http://eduportal.uz 114 1825-yil 14-dekabrda ... 1861-yil 19-fevralda ... Vikup – ... 1864-yili ... 1853–1856-yillarda ... 1867-yilda Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligining bosib olingan hududlarida Òurkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. 1867-yilda Rossiya o‘ziga qarashli bo‘lgan Alyaskani AQSHga sotdi. Bu bilan Rossiya o‘z tashqi siyosatida tobora kuchayib bo- rayotgan AQSHga tayanishni rejalashtirgan edi. Madaniyat. 1800–1870-yillari Rossiya ma’naviy hayotida chuqur o‘zgarishlar yuz berdi. Aynan shu davrda Rossiya jahon mada- niyatining eng yuqori o‘rinlaridan birini egalladi. Rus adabiyotining mashhur namoyandalari Aleksandr Sergeyevich Pushkin, Lev Nikolayevich Òolstoy, Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy shu davrda ijod qildi. Ularning yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlari rus xalqining ma’naviy olamini dunyoga tanitdi. A.S. Pushkin zamonaviy rus adabiy tiliga asos soldi. Uning «Ruslan va Lyudmila», «Kavkaz asiri», «Yevgeniy Onegin», «Kapitan qizi» kabi asarlari Rossiya hayoti bilan birga, rus tilining ham butun boyligini namoyon qildi. A.S. Pushkin ijodi rus adabiyotining keyingi rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. L.N. Òolstoyning «Bolalik», «Kazaklar», «Urush va tinchlik», F.M. Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo», «Òelba» kabi asarlarida rus xalqining hayoti, kishilarning ichki dunyosi juda katta mahorat bilan ochib berilgan. Shuningdek, XIX asrda ijod qilgan buyuk rus shoir va yozuvchilaridan Mixail Yuryevich Lermontov, Nikolay Vasilyevich Gogol, Ivan Sergeyevich Òurgenev asarlari ham dunyoga mashhur bo‘ldi. Bu davr rus musiqa san’ati buyuk kompozitorlar Mixail Ivanovich Glinka va Pyotr Ilich Chaykovskiy nomi bilan bog‘liq. M.I. Glinka ijodi XIX asrning birinchi yarmida rus musiqa madaniyatining eng cho‘qqisi bo‘lib, u rus mumtoz musiqasiga asos soldi. Uning eng mashhur asari «Ruslan va Lyudmila» operasi hisoblanadi. Rus musiqa san’atining keyingi rivoji M.I. Glinka ta’siri ostida shakllandi. P.I. Chaykovskiy XIX asr rus madaniyatining yirik namoyandasi, musiqa san’atining dahosi hisoblanadi. Uning «Yevgeniy Onegin», «Uxlayotgan go‘zal», «Shelkunchik» kabi operalari hamon jahon teatrlari sahnasidan tushmay kelmoqda. Bu davr rus tasviriy san’atida Silvestr Feodosiyevich Shedrin, Karl Pavlovich Bryullov va Ilya http://eduportal.uz 115 Yefimovich Repin kabi buyuk rassomlar ijod qildi. Ular ijodida Rossiyaning boy tabiati va rus kishilarining murakkab ichki dunyosi aks ettirildi. Rus madaniyatining yutuqlari Rossiyaga dunyoning ilg‘or mam- lakatlari qatoridan o‘rin olish imkonini berdi. Download 7.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling