Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

R. Farmonov, U. Jo‘rayev hamda Sh. Ergashevlar
(III bobning 15-, 16-, 17-, 18-mavzulari; IV bobning 20-, 21-, 22-, 23-, 24-, 25-,
26-, 27-, 28-mavzulari va V bobning 30-, 31-, 32-mavzulari).
Darslikning metodik qurilmasi J.Abdullayev tomonidan tayyorlandi.
http://eduportal.uz


3
KIRISH
YANGI DAVRNING BOSHLANISHI
Aziz o‘quvchi! Siz VII sinfda O‘rta asrlar tarixini o‘rgandingiz.
O‘rta asrlarda ham kishilar qishloq xo‘jaligiga tayangan iqtisodiyot va
jamiyatda shakllangan an’analar asosida hayot kechirishni davom et-
tirdilar. Shu sababli insoniyat tarixining bu davri agrar sivilizatsiya
yoki an’anaviy jamiyat deb ataladi. Bu jamiyatda kishilar tabaqalarga
bo‘linib yashaydi va qadimdan saqlanib kelayotgan an’anaviy urf-
odatlar, diniy tasavvurlar ushbu sivilizatsiyaning xarakterli tomonlari
hisoblanadi. Agrar sivilizatsiya insoniyat tarixida neolit davridan
boshlanib, XVIII asrning 60-yillaridagi sanoat inqilobi va uning aso-
sida yangi jamiyat shakllanguncha davom etdi.
Yangi davr boshlariga kelib, buyuk davlatlar o‘rtasida Yevropada
hukmronlik uchun kurash qizib ketdi. Ayni paytda G‘arbiy Yevropa
mamlakatlarida agrar jamiyatning yemirilishi, yangi sivilizatsiyaning
shakllanish jarayoni kuzatildi. Bu jarayon qariyb to‘rt asr davom etdi
va Yangi davrning oxiriga kelib, inson o‘z dunyoqarashi, tasavvurlar
olamining asosiy jihatlari bilan biz hozir ko‘nikib qolgan holatga keldi.
Yuz bergan o‘zgarish juda ulkan bo‘lib, uni insoniyat tarixidagi inqi-
lobiy to‘ntarish – ibtidoiy jamoadan sivilizatsiyaga o‘tish bilan teng-
lashtirish mumkin.
Siz VIII sinfda insoniyat taraqqiyotining keyingi bosqichi – Yangi
tarix voqealari bilan tanishishni boshlaysiz. Yangi tarix kishilarning
tabiiy tengligi, shaxsning erkinligi va sha’ni kabi demokratik tushun-
chalarga asoslangan yangicha dunyoqarashning shakllanishi bilan O‘r-
ta asrlardan farq qiladi. Yangi davrning eng xarakterli tomonlaridan
biri dunyoni yangicha tushunish asosida insonning tashabbuskorligi,
tadbirkorligi uchun keng imkoniyatlar ochilishida namoyon bo‘ldi.
XVI asrdan boshlangan bu o‘zgarishlar natijasida dastlab G‘arbiy
Yevropada, keyin esa Shimoliy Amerikada shakllangan yangi jamiyat
kapitalistik jamiyat deb atala boshlandi. Bu jamiyatning nomi «kapital»
so‘zidan olingan. Kapital – o‘z egasiga daromad keltiruvchi xususiy
mulk (fabrika, zavod, kon, bank va boshqalar) hamda mablag‘, o‘zini
o‘zi ko‘paytiruvchi sarmoya. Bu sarmoyaning asosida erkin tadbir-
http://eduportal.uz


4
korlik faoliyati yotadi. Shu sababli kapitalistik jamiyatda xususiy mulk
va yollanma mehnatdan foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yara-
tildi.
Natijada, iqtisodiy hayot gurkirab o‘sdi, sanoat ishlab chiqarishi
va savdo rivojlandi, kapitalistik munosabatlar vujudga keldi. Ishlab
chiqarishning yangi shakllari paydo bo‘ldi, mehnat qurollari takomil-
lashdi, sexlar o‘rnini manufakturalar egallay boshladi. Yevropalik-
larning hayotida ko‘plab yangiliklar, ishchanlik, intiluvchanlik kabi
yangi belgilar paydo bo‘ldi, ularning bir qismi Sharqdan kirib keldi.
Bundan tashqari, Yangi davr rivojlangan shahar madaniyati, Antik
davr tarixiga bo‘lgan katta qiziqish, uni ideallashtirish, badiiy san’at-
ning tez hayotiylashuvi kabilar bilan ham xarakterlanadi. Aslida, ko‘p-
chilik hollarda fojiali oqibatlarni keltirib chiqargan urushlar, qo‘z-
g‘olonlar va inqiloblar emas, kishilarning yaratuvchanlik faoliyati,
doimiy izlanish va intilish ma’naviyat va madaniyatda, ijtimoiy hayot-
da va iqtisodiy o‘sishda katta ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi. Shu
o‘zgarishlar natijasida G‘arbiy Yevropaning ilg‘or mamlakatlarida ka-
pitalistik jamiyat zamirida sanoat taraqqiyotiga asoslangan yangi si-
vilizatsiya shakllandi va u industrial sivilizatsiya deb ataldi.
Yevropada industrial sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi Yangi ta-
rixning asosiy mazmunini tashkil etadi. Aynan shu jadal rivojlanish
tufayli Yevropa dunyoda yetakchi o‘rinni egalladi, keyin esa Yer yu-
zining katta qismini o‘ziga bo‘ysundirdi.
Jahon tarixida «Yangi tarix» davri XV asr oxiri – XVI asr bosh-
laridagi Buyuk geografik kashfiyotlardan boshlanadi hamda Birinchi
jahon urushining yakuni – 1918-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab ola-
di. Yangi tarix, odatda, ikki bosqichga bo‘linadi. Uning birinchi

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling