Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Òinch okeani havzasidagi geografik kashfiyotlar


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Òinch okeani havzasidagi geografik kashfiyotlar. XVI asrning ik-
kinchi yarmi – XVII asrning boshlarida ispan dengizchilari Òinch
okeani havzasiga bir nechta ekspeditsiya uyushtirdi. Bu ekspeditsiya-
lar davomida, Sulaymon (Solomon) orollari, Janubiy Polineziya va
Melaneziya kashf etildi.
Dengizchilar «Janubiy Yer» – Avstraliyani izlashda davom etdilar.
1606-yili ispan dengizchisi Luis Òorres Osiyo bilan Avstraliya ora-
http://eduportal.uz


11
lig‘idagi bo‘g‘ozdan suzib o‘tib, yangi qit’a qirg‘oqlariga yetdi. Shu
yili gollandiyalik Villem Yanszon yangi qit’a qirg‘oqlariga kelib tushdi
va uni Gollandiyaning mulki deb e’lon qildi. Shu tariqa Avstraliya
kashf etildi. XVII asrning o‘rtalarida gollandiyaliklar Avstraliya qir-
g‘oqlarini tadqiq eta boshladilar. Abel Òasman Indoneziya qirg‘oq-
laridan sharqqa tomon suzib, Avstraliyani janubdan aylanib o‘tdi va
keyinchalik Òasmaniya deb atalgan orolni kashf etdi.
Buyuk geografik kashfiyotlarning natijalari. Buyuk geografik kash-
fiyotlar dunyo taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Ular yevro-
paliklarning olam haqidagi tasavvurlarini boyitdi, boshqa materiklar
va u yerdagi xalqlar to‘g‘risidagi yangi bilimlarni shakllantirdi.
Yangi bilimlar dastlab Yevropada, keyin boshqa qit’alarda ham
sanoat va savdoning rivojlanishi uchun katta turtki bo‘ldi. Asosiy sav-
do yo‘llari O‘rtayer dengizidan Atlantika okeaniga ko‘chdi va savdo-
ning xarakterini tubdan o‘zgartirdi.
X. Kolumb ekspeditsiyasi 1492-yil 12-oktabrda Bagama orollariga yetib
keldi.
XVI asrning ikkinchi yarmi – XVII asrning boshlarida ispan
dengizchilari Sulaymon orollari, Janubiy Polineziya va Melaneziyani kashf
etishdi.
Avstraliyaning kashf etilishi
http://eduportal.uz


12
Biroq yangi yerlarni o‘zlashtirish bo‘ysundirilgan xalqlarni dah-
shatli ekspluatatsiya qilish bilan qo‘shib olib borildi, jahon mustamlaka

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling