Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


hindular deb atadi. X. Kolumb kashfiyotining mohiyatini anglashda Amerigo Ves-


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

hindular deb atadi.
X. Kolumb kashfiyotining mohiyatini anglashda Amerigo Ves-
puchchi amalga oshirgan sayohat katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U yangi
ochilgan yerlarga XV asr oxiri – XVI asr boshlarida bir necha marta
sayohat uyushtirib, ular davomida bu yerlar Hindiston emas, mutlaqo
Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi. 1497–1499-yillar
http://eduportal.uz


10
yangi materik ekanligini isbotladi. Endi bu yangi materik uning sha-
rafiga Amerika deb atala boshlandi.
Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi. Yangi yerlarning kashf eti-
lishi portugaliyaliklarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yana bir dengiz say-
yohi Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya 1497-yil Afrikani
janubdan aylanib o‘tib, Hind okeaniga chiqdi. Ular Afrika qirg‘oq-
lari bo‘ylab suzib, arab dengizchisi Ahmad ibn Majid yordamida
1498-yili Hindistonga yetib keldi. Bu yerdan ko‘plab mahsulotlarni
yuklagan dengizchilar 1499-yili Portugaliyaga qaytib keldi. Qariyb ikki
yil davom etgan sayohatda ekspeditsiya a’zolarining ko‘pchiligi halok
bo‘ldi. Ammo shunga qaramasdan, Vasko da Gama ekspeditsiyasining
muvaffaqiyati Yevropaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Yevropalik savdogarlar
Sharqqa qarab otlandilar. Hindistondan Yevropaga ziravorlar va shi-
rinliklar olib kelgan savdogarlar juda katta foyda ola boshladilar. Shu
tariqa, Hindistonga muntazam dengiz yo‘li ochildi.
1519-yili portugaliyalik yana bir dengizchi – Fernando Magellan
ekspeditsiyasi Amerika janubidagi bir bo‘g‘ozni aylanib o‘tib (keyin-
chalik Magellan bo‘g‘ozi deb ataldi), notanish va sokin bo‘lgan ulkan
okeanga chiqdi. Okeanning boshqa paytlarda bo‘ronli bo‘lishini
bilmagan F. Magellan uni Òinch okeani deb atadi. Okeanda uzoq
suzish davomida ochlik va kasallikdan hamda yangi ochilgan orollar-
dagi mahalliy aholi bilan bo‘lgan janglarda ekspeditsiya a’zolarining
ko‘pchiligi, jumladan, F. Magellan halok bo‘ldi. Ekspeditsiyaning
omon qolgan a’zolari Yer sharini aylanib suzib, 1522-yili o‘zlari jo‘-
nab ketgan Ispaniya qirg‘oqlariga yetib keldi. Dengiz sayyohlaridan
juda kam kishi omon qoldi. F. Magellan kashf etgan dengiz yo‘li
amaliy ahamiyatga ega bo‘lmadi, undan uzoq vaqt hech kim foyda-
lanmadi. Ammo bu kashfiyot Yerning dumaloqligini amalda isbotladi.

Buyuk geografik kashfiyotlar – bu ...

1492-yili ...

Vasko da Gama amalga oshirgan kashfiyot ...

1519–1522-yillari ...

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling