Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Reformatsiyaning boshlanishi. Jamiyatdagi umumiy norozilik sha-
roitida G‘arbiy Yevropada xristianlik cherkovini isloh qilish uchun
harakat boshlanib, bu jarayon Reformatsiya (reforma – islohot) deb
ataldi. Yangi davr boshlarida tarqoq knyazliklardan iborat bo‘lgan
Germaniyaning ichki ishlarida hal qiluvchi rolga katolik cherkov da’-
vo qilardi. Germaniyada juda katta yerlar, hatto butun boshli sha-
harlar ham katolik cherkoviga qarashli edi. Indulgensiya sotuvchi
ruhoniylar va cherkov soliqlarini yig‘uvchilar butun Germaniya bo‘y-
lab kezib yurardi.
O‘rta asrlarda katolik cherkovi qaysi omillar sababli o‘zining qudratiga erishgan
edi?
Reformatsiya 1517-yili Germaniyaning Vittenberg universiteti
ilohiyot fani professori Martin Lyuterning «95 tezislar» deb ataluvchi
indulgensiyalarga qarshi da’vati bilan boshlandi. Aslida faqat ilmiy
munozara uchun mo‘ljallangan ushbu tezislar lotinchadan nemis ti-
http://eduportal.uz


19
liga tarjima qilinib, butun Germaniyani hayajonga
soldi. M. Lyuterning bu qilmishi Rim papasining
jahlini chiqardi. U M. Lyuterni Vorms shahar
sudiga chaqirdi. Papa M. Lyuterdan o‘z g‘oyala-
ridan voz kechishni talab qildi, lekin u papaga
bo‘ysunishdan va indulgensiyalarning sotilishini
ma’qullashdan bosh tortib, sudda yorqin nutq
so‘zladi. M. Lyuterning suddagi nutqi xalqni to‘l-
qinlantirib yubordi. Uning tarafdorlari o‘z mazhabi
va cherkovini tashkil qildilar. Ular lyuteranlar deb
ataldi.
XVI asrda Yevropada Reformatsiya
Martin Lyuter
http://eduportal.uz


20
Yevropada Reformatsiya – katolik cherkovni isloh qilish jarayoni
shunday boshlandi.
Dehqonlar urushi. Yevropada an’anaviy jamiyatning inqirozi va
kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi zodagonlar va knyazlarda
o‘z daromadini oshirish istagini kuchaytirdi. Ular jamoa yerlarini
egallab olib, dehqonlarning ulushini qisqartirdi, natural va pul yig‘im-
larini, dehqonlarning ishlab berish majburiyatlarini oshirdi. Amerika-
dan g‘alla va kumushning oqib kelishi natijasida yuz bergan narx-
navo inqilobidan ham, avvalo, Yevropa dehqonlari aziyat chekdi. Deh-
qonlarning og‘ir ahvoli ularni qo‘zg‘olon ko‘tarishga majbur qildi.
Dehqonlar qo‘zg‘oloni 1524-yil yozida Germaniyada boshlandi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling