Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Yangi jamiyatning asosiy sinflari – kapitalist va proletariat paydo


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Yangi jamiyatning asosiy sinflari – kapitalist va proletariat paydo
bo‘ldi. Asosiy qadriyati inson erkinligi va tengligi bo‘lgan yangi,
industrial sivilizatsiya qaror topib bordi.
Kapital – bu mulk, yollanma mehnatdan foydalanib, qo‘shimcha qiymat olish
vositasi.
Gildiya – bu o‘z a’zolarining manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan
savdogarlar va hunarmandlar uyushmasi.
Proletariat – bu ishlab chiqarish quroli va vositasidan mahrum bo‘lgan
yollanma ishchi.
1. Birja va banklar Yevropada savdo-sanoatning rivojlanishida qanday muhim o‘rin
egallaydi?
2. XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab savdo chorrahalari Yevropaning qaysi
hududiga ko‘chdi va nima uchun?
3. G‘arbiy Yevropada kapitalistik munosabatlar qay tariqa shakllana boshladi?
4. Zamonaviy ko‘rinishdagi ilk bank qachon va qaysi hududda vujudga keldi?
Internet bilan ishlashga doir topshiriq
Internetdan «Yangi davr boshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti» mavzusiga doir suratlarni izlab toping va
rasmli klaster tuzing.
Mavzu matnida qora rang bilan berilgan atamalarni qo‘shimcha adabiyotlardan mustaqil
qidirib toping va ma’nosini yanada chuqurroq o‘zlashtirib, daftaringizga yozing.
2 – Jahon tarixi
http://eduportal.uz


18
3-mavzu: YEVROPADA REFORMATSIYA
Reformatsiya arafasida Yevropa jamiyati. O‘rta asrlarda din G‘ar-
biy Yevropa jamiyati hayotida kuchli ta’sirga ega edi. Ammo davr
oxiriga kelib, odamlar orasida mavjud diniy tartiblardan norozilik
kuchaydi. Endi cherkov tartiblari ko‘plab yevropaliklarni qanoatlan-
tirmay qo‘ydi. Cherkov marosimlari lotin tilida o‘tkazilib, bu til oddiy
odamlar uchun tushunarsiz edi. Shuningdek, ular xristianlarning mu-
qaddas kitobi – Injilni ham tushunmasdi. Kun kechirish og‘ir bo‘lib
qolgan Yangi davr boshlarida dehqonlar va shaharlik kambag‘allar
qiyinchilik bilan ishlab topgan hamda oilasini boqishga zo‘rg‘a yeta-
digan pullarining bir qismini cherkov-u ruhoniylarga berishni ista-
masdi. Ruhoniylarning qimmatbaho kiyimlari va taqinchoqlari, cher-
kovni bezashda qo‘llanilgan haykal hamda rasmlar pulning qadrini
biladigan tejamkor tadbirkorlarning jahlini chiqarar edi. Ruhoniylar
to‘plagan juda katta boyliklarning bir qismini indulgensiyalar – gu-
nohlarni afv etganlik to‘g‘risida Rim papasining maxsus yorlig‘ini
sotishdan tushgan pullar tashkil qilardi. Puldor kishilar, hatto hali
qilib ulgurmagan gunohlari uchun ham indulgensiyalar sotib olardi.
Papa va kardinallar turli xil hiyla va nayranglar bilan Yevropa davlat-
larining ichki ishlariga aralashar, bundan esa hukmdorlar ham norozi
edi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling