Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


XVI–XVIII asrlarda Yevropada Yangi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

XVI–XVIII asrlarda Yevropada Yangi
davr madaniyati shakllandi. San’at va fan
jadal rivojlandi. Angliya burjua inqilobi, Shi-
moliy Amerikada mustaqillik uchun kurash,
fransuz inqilobi jarayonlarida paydo bo‘lgan
kishilarning ozodligi va tengligi haqidagi
g‘oyalar yana uzoq vaqt ko‘plab xalqlar kura-
shining mazmuniga aylandi.
1. Uilyam Shekspir ijodining o‘ziga xosligi nimadan iborat?
2. Leonardo da Vinchi va Rafael Santi ijodining asosini qanday g‘oyalar tashkil
etadi?
3. XVI–XVIII asrlarda Yevropada astronomiya fani qanday yutuqlarga erishdi?
4. Jon Lokk g‘oyalari bugungi kun davlat boshqaruvida qanday o‘rin tutadi?
Yangi davr Yevropa madaniyati vakillari faoliyatini darslik matni yordamida tahlil
qiling va shu asosda rangli klaster tayyorlang.
Internet vositasida Yevropa Renessans madaniyati davriga virtual ekskursiya uyush-
tiring. Òaassurotlaringizni daftaringizga jadval ko‘rinishida qayd eting.
Italiya Uyg‘onish davri vakillariga bag‘ishlangan «Meros» badiiy filmini ko‘ring va
xulosa chiqaring.
Jon Lokk
Isaak Nyuton
http://eduportal.uz


28
II BOB. XVI–XVIII ASRLARDA YEVROPA VA
AMERIKA MAMLAKAÒLARI
5-mavzu: ANGLIYADA QIROL HOKIMIYAÒINING
KUCHAYISHI. XVII ASRDAGI ANGLIYA BURJUA INQILOBI
Qirol hokimiyatining kuchayishi. Absolutizm. Savdo va sanoatning
rivojlanishi Angliyada soliqlar tushumini keskin oshirdi. Endi
davlatdan maosh oladigan amaldorlar va muntazam armiya qirolning
har qanday buyrug‘ini bajarishga tayyor edi. Bu qirolni boy
zodagonlar ta’siridan xalos qildi. Natijada, qirolning cheklanmagan
hokimiyati to‘g‘risidagi g‘oya shakllandi. Shu g‘oya asosida G‘arbiy
Yevropa mamlakatlarida shakllangan hokimiyat mutlaq monarxiya
yoki absolutizm deb ataldi.
Angliyada «Erkinlikning buyuk xartiyasi» deb nomlangan hujjat qachon qabul
qilingan?
Absolutizm Angliyada XVI asrda shakllandi. Shu davrda qirol ho-
kimiyati kuchayib, Genrix VIII Òyudor faqat cherkovni emas, toifalar
http://eduportal.uz


29
vakillaridan iborat parlamentni ham o‘ziga
bo‘ysundirdi, ayrim mustaqil shimoliy grafliklar
va Uels ham qirol hokimiyatini tan oldi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling