Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Yelizaveta I – Angliya
qirolichasi
http://eduportal.uz


30
Qirol bilan parlament o‘rtasidagi nizo Karl I davrida yanada kes-
kinlashdi. Qirol parlamentni tarqatib yubordi. Angliyada Karl I ning
shaxsiy hukmronligi o‘rnatilib, bu davrda savdogarlar, yangi dvoryan-
lar, hurfikr dindorlar davlat ishlaridan butunlay chetlatildi.
Inqilobning boshlanishi. 1640-yilning boshiga kelib, xazina bo‘shab
qoldi. Mamlakatda ko‘plab ochlar qo‘zg‘oloni, Londonda esa ko‘cha
tartibsizliklari bo‘lib o‘tdi. Shotlandiya Angliyaga qarshi harbiy hara-
katlarni boshlab yubordi.
Shunday sharoitda 1640-yili yangi parlament yig‘ildi. Bu parla-
ment uzoq vaqt tarqatilmaganligi uchun «Uzoq muddatli parlament»
nomi bilan tarixga kirdi. Bu inqilobning boshlanishi edi.
Angliya burjua inqilobi
1645-yili parlament hoki-
miyati ostiga o‘tgan hududlar
1643-yili parlament hoki-
miyati ostidagi hududlar
Irland dehqonlariga qarashli
yerlar
http://eduportal.uz


31
Uzoq muddatli parlament bir qancha muhim islohotlarni amalga
oshirdi. Parlamentning absolutizmga qarshi qaratilgan dastlabki qa-
rorlaridan biri qirol ministrlarining sudga tortilishi bo‘ldi. Ko‘pgina
yuksak lavozimli amaldorlar, yepiskoplar, sudyalar qamoqqa olindi.
Aslida amalga oshirilgan bu o‘zgarishlar, o‘z mohiyatiga ko‘ra,
Angliya davlat tuzumida yuz bergan inqilobiy to‘ntarish edi.
Qirol bilan parlament o‘rtasida fuqarolar urushi. Angliya parlament
bilan qirol tarafdorlari bo‘lgan bir-biriga dushman ikki lagerga bo‘-
lindi. Parlamentni savdogarlar, tadbirkorlar va yangi dvoryanlar qo‘l-
lab-quvvatladi. Eski tartiblardan manfaatdor bo‘lganlarning barcha-
si – yirik yer egalari bo‘lgan asilzodalar va ularga qaram bo‘lgan
dehqonlar, saroy amaldorlari, ingliz cherkovi qirol bayrog‘i ostida
birlashdilar.
1643-yilning oxiriga kelib, mamlakat hudu-
dining to‘rtdan uch qismi qirol hukmronligi
ostida edi. Parlament esa xalqni jangga chor-
lashga qo‘rqardi. Biroq tez orada parlament-
ning yangi ittifoqchisi bo‘lgan Shotlandiya ar-
miyasi Angliya hududiga kirib keldi. Shot-
landlar bilan parlament tarafdorlarining birlash-
gan qo‘shini qirol qo‘shini ustidan g‘alaba qo-
zondi.
Bu g‘alabada Oliver Kromvel qo‘mondon-
ligi ostidagi otliq askarlar asosiy rol o‘ynadi.
Qirol va uning ortidan butun armiyasi qochib qoldi. Urush parla-
mentning to‘liq g‘alabasi bilan yakunlandi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling