Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi
Mamlakatda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati tarkib topa
Download 7.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf Jahon tarixi (2019)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijodiy ish topshirig‘i
- 6-mavzu: XVI–XVIII ASRLARDA XALQARO MUNOSABAÒLAR
Mamlakatda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati tarkib topa
boshladi. Angliya burjua inqilobi va uning g‘oyalari boshqa Yevropa mamlakatlari rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Inqilob e’lon qilgan siyosiy tamoyillar va o‘rnatgan iqtisodiy tartib yangi industrial si- vilizatsiyaga asos soldi. Absolutizm – bu davlatni boshqarish shakli. Unda monarx hokimiyati mutlaqo cheklanmagan. Puritanlar – XVI asrning ikkinchi yarmida kalvinizm asosida Angliyada shakllangan xristian dini mazhablaridan biri. Lordlar palatasi – Angliya parlamentining yuqori palatasi. Kromvel protektorati – (protektor – homiy, himoyachi) Angliya burjua inqilo- bining yakunlovchi bosqichi. Bu davrda Angliya, Shotlandiya va Irlandiya hukmdori – protektori Oliver Kromvel bo‘lgan. 1. Absolutizm Angliya tarixida qaysi asrda shakllandi? 2. Angliya tarixida tyudorlar sulolasi vakillari qanday ishlarni amalga oshirdilar? 3. Angliya burjua inqilobi boshlanishining asosiy sabablari nimalardan iborat? 4. Angliya tarixida O. Kromvel qanday o‘rin tutadi? Ijodiy ish topshirig‘i Mavzu matnini «Insert» jadvali asosida tahlil qiling va ushbu hududga oid matndagi ma’lumotlarni aytib bering. Xaritadan foydalanib, Angliya burjua inqilobi bo‘lib o‘tgan hududlarni aniqlang. 3 – Jahon tarixi http://eduportal.uz 34 Internet vositasida Angliya tarixida tyudorlar sulolasi davrida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni tahlil qiling. Òarixiy voqealarni xronologik ketma-ketlikda daftaringizga yozing. Mavzuga oid «Tyudorlar» serialini ko‘ring va xulosa chiqaring. 6-mavzu: XVI–XVIII ASRLARDA XALQARO MUNOSABAÒLAR Yangi davrga kelib, Yevropaning siyosiy xaritasi zamonaviy ko‘ri- nishga ega bo‘lib bordi. XVII–XVIII asrlarda Yevropa davlatlarining jahonda ta’sir doirasiga ega bo‘lish va hududlar uchun kurashlari keyingi davrlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Yevropa sivi- lizatsiyasi jahon hamjamiyatining iqtisodiy, texnologik va harbiy-siyo- siy yetakchisiga aylandi. Yevropa sivilizatsiyasining qadriyatlarini bu- tun dunyoga yoyish uchun uzoq davom etgan kurash boshlandi. Bu kurash davomida jahon bozorini vujudga keltirgan va o‘z mustamlaka- lari hamda yarimmustamlaka mamlakatlar xalqlarini bu jarayonlarga jalb etgan Yevropa sivilizatsiyasi ilk umumjahon sivilizatsiyasiga ay- lanib bordi. Aynan shu jarayonlar XVI–XVIII asrlardagi xalqaro mu- nosabatlarning ham mazmunini tashkil qildi. Yevropa xalqaro munosabatlari uchun O‘rta asrlarda bo‘lib o‘tgan «Yuz yillik urush» qanday ahamiyat kasb etadi? XVI–XVIII asrlardagi xalqaro mojaro va urushlarning bir qancha sabablari bor edi. Birinchidan, Yevropaning kelajagi to‘g‘risida ikki xil qarash mavjud bo‘lib, Avstriyadagi hukmron gabsburglar sulolasi katolik imperator boshchiligida yagona imperiya bo‘lishi lozim desa, Angliya va Fransiya Yevropada mustaqil milliy davlatlar mavjud bo‘- lishi kerak, deb hisoblardi. Ikkinchidan, XVI asrda Yevropa katolik va protestant diniy maz- hablariga bo‘linib ketgan edi. Ular o‘rtasidagi ziddiyatlar Yevropa miqyosidagi diniy urushlarga olib keldi. Uchinchidan, iqtisodiy qarama-qarshiliklar – mustamlakalar, bo- zorlar va dengiz savdo yo‘llarida hukmronlik uchun kurash ham urushlarga sabab bo‘ldi. http://eduportal.uz 35 XVII–XVIII asrlarda Yevropa davlatlarining ... XVI–XVIII asrlardagi xalqaro munosabatlarning mazmuni – ... XVI asrda ... Bu davrda manfaatlari doim bir-biri bilan to‘qnashgan davlatlar Fransiya, Ispaniya va Angliya edi. Ayniqsa, bir-biri bilan chegaradosh bo‘lgan Fransiya va Ispaniya o‘rtasida chegara hududlar va qo‘shni davlatlar, birinchi navbatda, Italiyaga ta’sir ko‘rsatish uchun tez-tez ziddiyatlar bo‘lib turardi. Bu ziddiyatlar oxir-oqibatda, Italiya urush- lariga olib keldi. Urush natijasiga ko‘ra, Italiya ispan qiroliga bo‘y- sundirildi. Xalqaro munosabatlarning yana bir muhim omili Yevropaga doi- miy xavf solib turgan Usmoniylar imperiyasi bo‘ldi. Usmoniylar im- periyasi Osiyo va Afrikada juda katta hududlarni egallab olgan edi. Òurklar bevosita Gabsburglar imperiyasi chegaralariga xavf sola bosh- ladi. Fransiya va Angliya esa Gabsburglar qudratini susaytirish maq- sadida Usmoniylar imperiyasi bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatdi. Download 7.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling