Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

O‘ttiz yillik urush. XVII asr boshiga kelib, diniy asosda boshlangan
xalqaro mojaroga katolik bilan protestantlar o‘rtasida muvozanatni
saqlashga harakat qilgan ko‘plab Yevropa davlatlari jalb qilindi. Urush
1618–1648-yillari bo‘lib o‘tdi va tarixga O‘ttiz yillik urush nomi bilan
kirdi. Urush nemis katoliklari va protestantlari o‘rtasidagi diniy moja-
ro sifatida boshlandi. Urush harakatlari, asosan, Germaniya hududida
olib borildi va butun Yevropa xalqlariga juda katta kulfatlar keltirdi.
O‘ttiz yillik urush 1648-yili Vestfal sulhi bilan yakunlandi. Vestfal
sulhi Yevropa davlatlari o‘rtasidagi yangi munosabatlarga asos soldi.
Sulhga ko‘ra, Gollandiyaning Ispaniyadan mustaqilligi tan olindi.
Vestfal sulhi katoliklar bilan protestantlar o‘rtasidagi dushmanlik-
ka barham berdi. Katolik va protestant cherkovlarining tengligi tan
olindi. Germaniya tarqoq knyazliklardan iborat bo‘lib qolaverdi. Yev-
ropada Fransiyaning roli oshdi. O‘ttiz yillik urush diniy mojarolarni
harbiy yo‘l bilan hal etishga urinishning samarasizligini ko‘rsatdi.
Ayni paytda urush xalqaro munosabatlarda muhim chegara bo‘ldi va
ilk Yangi davrda Yevropa taraqqiyotiga o‘ziga xos yakun ham yasadi.
Ispaniya taxti uchun kurash. 1700-yili Ispaniya qiroli Karl II vafot
etdi. Uning vasiyatiga ko‘ra, Ispaniya taxtiga Fransiya qirolining na-
birasi Filipp Anjuy o‘tirdi. Bundan norozi bo‘lgan davlatlar urush bosh-
ladi. Bu urush Fransiyani holdan toydirdi. 1714-yilgi tinchlik sulhiga
http://eduportal.uz


36
ko‘ra, Filipp Anjuy Fransiya taxtiga bo‘lgan huquqidan voz kechdi.
Urush oqibatida fransuzlar ham, gabsburglar ham kuchsizlanib qoldi.
Bu esa Angliyaning kuchayishiga olib keldi.
XVIII asrda Yevropada yuz bergan muhim mojarolardan biri
Rossiya Shvetsiyaga qarshi olib borgan urush bo‘ldi. Shimoliy urush
(1700–1721) deb nom olgan bu urushda Rossiya g‘alaba qozondi.
Yevropa davlatlarining deyarli barchasi ishtirok etgan Yetti yillik
urush (1756–1763) natijasida Yevropadagi chegaralar o‘zgarmadi.
Urushdan eng katta foydani Angliya oldi. Hindiston va Shimoliy Ame-
rikadagi fransuz mustamlakalari Angliyaga o‘tdi. Angliya dunyoning
yetakchi mustamlaka imperiyasiga aylandi.
Usmoniylar sultoni Mustafo III 1768-yili Rossiyaga qarshi urush
boshladi. Urush 1774-yili Kuchukqaynarji shartnomasi bilan yakun-
landi. Urushda Rossiya imperiyasi g‘alaba qozondi. Shartnomaga bi-
noan, Qrim xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylandi va keyinchalik
Rossiya tarkibiga qo‘shib olindi. Rossiya Qora dengizda harbiy flotga
ega bo‘lish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling