Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Buyuk fransuz burjua inqilobining boshlanishi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Buyuk fransuz burjua inqilobining boshlanishi. 1789-yil 5-may kuni
qirol Lyudovik XVI General shtatlar majlisini ochdi. U o‘z nutqida
aholiga yangi soliqlar joriy qilishni so‘radi. Qirolning nutqi uchinchi
tabaqa vakillarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Parijlik aholi ham depu-
tatlardan qat’iy qarorlar talab qilib, Versal tomon kela boshladi. Shun-
dan so‘ng uchinchi tabaqa deputatlari o‘z yig‘ilishini Milliy kengash
deb e’lon qildi. Birinchi va ikkinchi tabaqa deputatlaridan islohot
tarafdorlari bo‘lganlar ularga qo‘shildi. Milliy kengash absolutizmni
tugatishga qaror qildi.
Fransiyada General shtatlar qachon va qanday maqsadda chaqirilgan edi?
http://eduportal.uz


38
Uchinchi tabaqa qarashlarining ifodachisi Gabriel de Mirabo bo‘l-
di. U boy va mashhur oiladan chiqqan, tajribali hamda dono siyosat
arbobi edi. Mirabo uchinchi tabaqani birlikka chaqirdi.
Shu orada Milliy kengash o‘zini Òa’sis majlisi deb e’lon qildi. Parij
gazetalari inqilob bir tomchi ham qon to‘kilmasdan yakunlandi, deb
yozdilar. Ammo Parij xotirjam emasdi.

Birinchi tabaqa – ruhoniylar.

Ikkinchi tabaqa – dvoryanlar.

Uchinchi tabaqa – savdogarlar, hunarmandlar, dehqonlar, burjuaziya.
Bastiliyaning olinishi. O‘zgarishlardan norozi bo‘lgan olomon
1789-yil 14-iyulda Bastiliya qal’asiga bostirib kirdi. Qal’adagi qo‘-
shinlar taslim bo‘ldi, qal’a komendanti (boshlig‘i) qatl etildi. Shu
tariqa inqilob olomonning shafqatsiz terrori bilan boshlandi. Lyudo-
vik XVI qo‘zg‘olonchilarga yon berishga qaror qildi. Qirol Òa’sis maj-
lisini tan oldi. Poytaxtda hokimiyat shahar kengashi – Parij Kom-
munasi qo‘liga o‘tdi. Hukmron doiralarning mavjud ziddiyatlarni o‘z
vaqtida hal qila olmaganligi shu tarzda inqilobga olib keldi. Absolut
monarxiya quladi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling