Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Prussiya qirolligining tashkil topishi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Prussiya qirolligining tashkil topishi. Germaniya knyazliklari ichida
Avstriya va Brandenburg eng kuchlilari edi. XVII asr shu ikki knyaz-
likning Germaniyada gegemonlik uchun kurashi ostida o‘tdi. Avst-
riyani gabsburglar sulolasi, Brandenburgni esa gogensollernlar sulolasi
boshqarardi.
http://eduportal.uz


48
Birining poytaxti Vena shahri, ikkinchisiniki esa Berlin shahri
edi. XVII asr oxiriga kelib, Brandenburg knyazligida Prussiya gersog-
ligi yetakchi mavqega ega bo‘lib oldi.
1683-yili Germaniya knyazliklari Òurkiya bosqiniga qarshi kurashish uchun
tarixda birinchi marta yakdil qaror qabul qildilar.
XVII asr Avstriya va Brandenburg knyazliklarining Germaniyada
gegemonlik uchun kurashi ostida o‘tdi.
1701-yili Brandenburg knyazligi o‘rnida Prussiya qirolligi tashkil
topdi. Brandenburg knyazi Fridrix I nomi bilan Prussiya qiroli deb
e’lon qilindi. Shu davrdan boshlab, qulay xalqaro sharoitdan va
boshqa nemis knyazliklarining kuchsizligidan foydalangan Prussiya
qudratli davlatga aylana bordi. Prussiya qudratli qo‘shin ham tuza
oldi.
XVIII asr oxirida Prussiya maydoni jihatidan Yevropada uchinchi,
qo‘shini soni jihatidan esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Fridrix II hukmronligi davrida (1740–1786) Prussiya mutlaq mo-
narxiyaga aylandi.
Real – haqiqatan ham mavjud bo‘lgan; amalga oshadigan; bajarilishi mumkin
bo‘lgan.
Gegemonlik – siyosiy, iqtisodiy, harbiy ustunlik, bir davlatning boshqasi
ustidan hukmronligi.
1. Germaniya imperiyasining iqtisodiy taraqqiyotda orqada qolishining sabablari
haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Germaniyada hukm surgan siyosiy tarqoqlik qanday oqibatlarga olib keldi?
3. Germaniya knyazliklarining 1683-yili usmoniylar qo‘shini ustidan qozongan
g‘alabasi Yevropa uchun qanday ahamiyatga ega bo‘ldi?
4. Prussiya qirolligi qanday sharoitda tashkil topdi?

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling