Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Ijodiy ish topshirig‘i
«Germaniya imperiyasining tashkil topishi» mavzusida mustaqil ish yozing.
Internet vositasida Germaniya imperiyasiga virtual sayohat uyushtiring va mavzuda
o‘rganilgan materiallar asosida tarixiy voqelikni tahlil qiling.
http://eduportal.uz


49
10-mavzu: XVI–XVIII ASRLARDA ROSSIYA IMPERIYASI
Rus yerlarining birlashishi. Oltin O‘rdaga qaramlikdan ozod
bo‘lgan Rus yerlarining Moskva atrofida birlashish jarayoni XVI asr
boshlarida nihoyasiga yetdi. Markazlashgan davlat tashkil topdi va u
endi «Rus», «Rossiya» deb ataldi.
Kiyev Rusi davlatiga qachon va kim tomonidan asos solingan?
1547-yili taxtga o‘tirgan Ivan IV Rossiya tarixida birinchi bor
podsholik tojini kiydi va «sar» deb ataldi. Rusda hukmdorlar ilgari
«Buyuk knyaz» deb atalar edi. Ivan IV ga podsholik unvonining
berilishi uni G‘arbiy Yevropa qirollari bilan tenglashtirdi. Ivan IV
ichki siyosatining asosiy maqsadi dvoryanlar tabaqasini kuchaytirish
orqali boyarlar mavqeyini zaiflashtirishga qaratildi. Shu maqsadda
1549-yili u birinchi bor erkin aholi turli toifalari vakillarining yig‘i-
lishini – Zemstvo soborini chaqirdi.
Ivan IV Zemstvo soborida boyarlar hokimiyatini keskin qoraladi.
Sobor yangi qonunlar to‘plami – Sudebnik tuzish haqida qaror qabul
qildi. Unga ko‘ra, bundan buyon dvoryanlarni jinoyat va nojo‘ya qil-
mishlari uchun boyarlar sudiga berish taqiqlandi. Dvoryanlardan ming
nafariga Moskva uyezdidan yer-mulk ajratib berildi. Davlat lavozim-
larini faqat zodagon naslidan bo‘lgan kishilar egallashi tartibiga ham
chek qo‘yildi.
Boyarlar uchun aholidan yig‘iladigan soliqlar bekor qilindi. Joy-
larda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari – zemstvolar tuzildi.
Sudebnik krepostnoy dehqonlarning bir yer egasidan boshqasiga o‘ti-
shini yiliga bir kun – 26-noyabr bilan cheklab qo‘ydi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling