Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Oprichnina – podsho hokimiyati dushmanlarini zo‘rlik va terror vositalari
bilan bostirishga urinish siyosati edi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi
http://eduportal.uz


53
1612-yili Moskva uchun bo‘lgan janglarda Polsha qo‘shini mag‘lubiyatga
uchradi.
1755-yili buyuk rus olimi M.V. Lomonosov tashabbusi bilan Moskva uni-
versiteti tashkil qilindi.
XVI–XVIII asrlarda rus adabiyoti ham katta yuksalish yo‘lini bo-
sib o‘tdi. Bu davrda ijod qilgan G.D. Derjavin, D.I. Fonvizin kabi
shoir va yozuvchilar zamonaviy rus adabiyotining shakllanishiga katta
hissa qo‘shdilar. Mashhur masalchi I.A. Krilov ijodining boshlanishi
ham shu davrga to‘g‘ri keladi.
Pyotr I davridan boshlab, Peterburg va Moskvada juda katta
qurilish ishlari olib borildi. Shu yillari rus me’morchiligida Yevropa
va rus milliy an’analarini uyg‘unlashtirgan yo‘nalish vujudga keldi.
Shu davrda rus milliy teatri ham shakllandi. Uning asoschisi sav-
dogar F.G. Volkov rus aktyorlarining butun bir avlodini tarbiyalashda
katta xizmat ko‘rsatdi.
XVI–XVIII asrlar Rossiya tarixida muhim davr bo‘ldi. Bu davr-
da Rossiya imperiya sifatida shakllandi, uning hududi ikki baro-
bardan ziyod kengayib, Yevropaning eng katta va harbiy jihatdan
qudratli davlatiga aylandi. Ammo qoloq ijtimoiy munosabatlar tu-
fayli Rossiya iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda Yevropadan ortda
qolib ketdi.
Boyarlar dumasi Rus davlatida dastlab knyazlar, so‘ng podsho huzuridagi
Oliy davlat kengashi.
Sudebnik – qonunlar to‘plami.
1. Rusni markazlashgan davlatga aylantirish qachon tugallandi va uning tarixiy
ahamiyati nimalardan iborat bo‘ldi?
2. Rossiyada qanday boshqaruv tizimi qaror topdi?
3. Ivan IV Grozniy joriy etgan oprichnina nima va undan qanday maqsad ko‘z-
langan edi?
4. Rossiyada romanovlar sulolasi hukmronligi qay tariqa o‘rnatildi?
Angliya, Fransiya qirollari va Rossiya podsholari o‘z siyosatlarida amalga oshirgan
eng muhim ishlarining ro‘yxatini daftaringizga tuzing.
Internet vositasida XVI–XVIII asrlarda Rossiya imperiyasiga virtual sayohat
uyushtiring va mavzuda o‘rganilgan materiallar asosida tarixiy voqelikni xronologiya
shakliga keltiring.
http://eduportal.uz


54

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling