Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


AQSH mustaqilligining e’lon qilinishi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

AQSH mustaqilligining e’lon qilinishi
Angliyaning Shimoliy Amerikadagi ilk mustamlakasi 1607-yili Jeymstaunda
tashkil qilindi.
1774-yil sentabrda Filadelfiyada Birinchi Qit’a Kongressi chaqirildi.
1776-yil 4-iyulda AQSHda Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi.
«Biz, Amerika Qo‘shma Shtatlarining vakillari, xalq nomidan
va uning vakolati bilan e’lon qilamizki, bu birlashgan mustamlaka-
lar aslida ham, haq-huquqqa ko‘ra ham ozod hamda mustaqil
shtatlar bo‘lmog‘i lozim. Shu daqiqadan boshlab, ular Britaniya
taxtiga har qanday mansublikdan ozod qilinadilar», – deyiladi
Mustaqillik Deklaratsiyasida.
Mustaqillik Deklaratsiyasida davlat qurilishining asosi sifatida
xalq suvereniteti prinsipi e’lon qilindi, xalqning zolimlarga qarshi
isyon qilishga, yashashga, ozod bo‘lishga, tenglikka bo‘lgan huquqi
e’tirof etildi. 4-iyul har yili AQSHda Mustaqillik kuni sifatida nishon-
lanadigan bo‘ldi.
http://eduportal.uz


57
Amerika inqilobining xarakteri va xususiyatlari. Shimoliy Ame-
rikada mustaqillik uchun olib borilgan urush ayni paytda burjua
inqilobi bo‘lib, u ikkita: milliy mustaqillikka erishish va Amerikada
kapitalistik munosabatlarni o‘rnatish muammolarini hal qilishi lo-
zim edi.
Inqilobning asosiy xususiyati shu ediki, u milliy-ozodlik urushi
shaklida o‘tdi. Urush davrida bir qator demokratik o‘zgarishlar amalga
oshirildi.
Urush harakatlarining borishi. Buyuk Britaniya Amerika musta-
qilligini birdaniga tan olmadi, mustaqillik tarafdorlariga qarshi qat’iy
kurash olib bordi. Harbiy harakatlar, asosan, mamlakat shimolida bo‘-
lib o‘tdi. Inqilob davrida respublikachilar armiyasi katta qiyinchilik-
larni boshidan kechirdi. Askarlar harbiy ishga deyarli o‘rgatilmagan,
qurol-aslaha, o‘q-dori, oziq-ovqat yetishmas edi.
Shunday sharoitda Fransiya Amerikaga qurol-yarog‘ bilan yordam
bera boshladi. Amerika va Fransiya o‘rtasida «Do‘stlik va Òijorat Biti-
mi» imzolandi. Fransiya – Amerika ittifoqi yaxshi natijalarga olib
keldi. 1782-yili ingliz qo‘shinlarining asosiy qismi taslim bo‘ldi.
Shundan so‘ng Buyuk Britaniya hukumati Parijda tinchlik muzoka-
ralari o‘tkazishga qaror qildi. Muzokaralarda Amerika tomonidan
Benjamin Franklin, Jon Adams va Jon Jey qatnashdi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling