Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


parvarlar» nomini oldilar. Ulardan eng mash- hurlari fransuz allomalari Volter, Sharl Mon-


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

parvarlar» nomini oldilar. Ulardan eng mash-
hurlari fransuz allomalari Volter, Sharl Mon-
teskyo, Jan Jak Russo, Deni Didro va ingliz
ma’rifatparvari Adam Smit edi.
Inson ongining yaratuvchanlik qudratiga
cheksiz ishongan ma’rifatparvarlar, feodal tar-
tiblar bilan kurashning inqilobiy usullariga sal-
biy munosabatda bo‘ldilar. Ular ma’rifatning ri-
vojlanishi o‘z-o‘zidan mavjud tartiblarning o‘z-
garishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblar
edilar.
Eski nazariyalar va g‘oyalarga qarama-qar-
shi tarzda ma’rifatparvarlar ilg‘or va o‘z davri
uchun inqilobiy bo‘lgan yangi g‘oyalarni ilgari surdilar.
Inson uchun munosib yashash va mehnat sharoitini yaratadigan
fanning imkoniyatlariga cheksiz ishonch Ma’rifat asrining asosiy
g‘oyasi bo‘ldi. Shu sababli «fan va taraqqiyot» degan so‘zlar ma’ri-
fatparvarlarning shioriga aylandi. Insonning yaratuvchanlik qudratiga
ulkan ishonch ma’rifatparvarlarni doimo ilhomlantirib turdi.
Ma’rifat asri badiiy adabiyoti. Ma’rifat asri – bu Yevropa
madaniyati tarixidagi asosiy bosqichlardan biri bo‘lib, fan, falsafa va
ijtimoiy fikr taraqqiyoti bilan bog‘liq. Ma’rifat asrining asosini
hurfikrlilik tashkil qiladi. Bolalikdan ko‘pchilikning sevimli qah-
ramoni bo‘lgan Robinzon Kruzo Ma’rifat asrida dunyoga keldi. Ingliz
yozuvchisi Daniyel Defo (1660–1731) o‘z qahramonini ishbilarmon,
Volter
Sharl Monteskyo
http://eduportal.uz


61
mehnatsevar, o‘z kuchiga ishonuvchi qilib
yaratdi. Robinzon kimsasiz orolda tirishqoqlik
va o‘jarlik bilan uy qurdi, ro‘zg‘or buyumlari va
mebel yasadi, hayvonlarni o‘rgatdi. «Robinzon
Kruzoning hayoti va g‘aroyib sarguzashtlari»
romani mehnat, aniq insoniy fikr, tirishqoqlik
va jasorat madhiyasi bo‘lib qoldi.
Qishloq ruhoniysi, keyinchalik esa Irlan-
diyadagi Dublin ibodatxonasi rahbari Jonatan
Svift (1667–1745) ma’rifatparvarlarning oliy-
janob g‘oyalari odamlarni o‘zgartirmaganligi-
ni, burjua jamiyati ham feodal jamiyat singari
mukammallikdan ancha yiroq ekanligini o‘zi-
ning «Gulliverning sayohatlari» romanida ochib
berdi.
Sviftning qahramoni Gulliver bilan Robin-
zon – zamondoshlar, Ma’rifat asri odamlari,
lekin Gulliverning qarashlari chuqurroq. Balki
shuning uchun ham uning yiroq mamlakatlarga
qilgan sayohatlari quvonchsiz yakun topadi.
Ammo Sviftning maqsadi inson tabiatini be-
parvo kuzatish emas, odamlarga sidqidildan
achinish, ularga insoniylikni saqlab qolishda
ko‘maklashish, yovvoyilashib ketishdan ogoh-
lantirish edi. «Inson siz o‘ylagandan ko‘ra qadr-
liroq», deb yozgan Sviftning aql yolqini va qo-
biliyat kuchi Ma’rifat asrini so‘nmas nur bilan
yoritib turadi.
Uning og‘ir holatda ham insoniylikni saqlab
qolishga da’vati bugun ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan.
Buyuk nemis shoiri Iogann Volfgang Gyote
(1749–1832) esa o‘z asrini – ong va yorug‘lik
asrini ifodalaydigan qahramon izlab, doktor
Faust haqidagi qadimiy nemis afsonasini qayta
yozdi. Yaratilishiga 60 yil sarflangan falsafiy
drama insonning o‘z g‘oyalari uchun kurashi
buyuk kurash ekanligini ta’kidlash bilan Ma’-
rifat asrining mohiyatini ochib beradi. Kek-

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling