Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

V.A. Motsart
L.V. Betxoven
http://eduportal.uz


64
Simfoniya markazida – bo‘ysunmas isyonkor obrazi, taqdirning
hech qanday zarbalari sindira olmaydigan jasur, qo‘rqmas insonning
qiyofasi namoyon bo‘ladi.
Betxoven umrining so‘nggi kunlarigacha ongni, yorqin kuchlar
tantanasi va g‘alabasini sharaflashga bag‘ishlangan asarlar yaratish
orzusi bilan yashadi.
XVIII asr tarixga Yevropadagi tabaqali jamiyat asoslariga, mo-
narxlarning absolut hokimiyatiga qarshi ma’naviy da’vat bo‘lib chiqqan
Ma’rifat asri sifatida kirdi. Ma’rifatchilik g‘oyalari kishilarning
ongini egallab, Yevropa sivilizatsiyasining qiyofasini o‘zgartirib
yuborgan moddiy kuchga aylandi.
Ma’rifatparvarlik g‘oyalari Shimoliy Amerikada mustaqillik
uchun urush yillari, Buyuk fransuz inqilobi davrida ommaviy
xarakter kasb etdi. Ma’rifat davrining ko‘plab g‘oyalari XIX, ay-
niqsa, XX asrda demokratik mamlakatlar siyosiy amaliyotining,
huquqiy normalarining asosiga aylanib, jamiyatning keng qat-
lamlari orasida tan olindi.
Ma’rifat asrida shakllangan insonning ozodligi va tengligi kabi
g‘oyalar keyingi asrlarda Osiyo va Afrika xalqlari orasida tarqalib,
bu xalqlar kurashining ham mazmunini tashkil qildi.
1. Ma’rifat asrining ijtimoiy va siyosiy g‘oyalari qaysi mutafakkirlarning nomlari
bilan bog‘liq?
2. Ma’rifat asri badiiy adabiyotining qanday namoyandalarini va ularning asosiy
g‘oyalarini bilasiz?
3. Ma’rifatparvarlik davri tasviriy san’ati vakillaridan kimlarni bilasiz va ularning
asarlari nimasi bilan ajralib turadi?
4. Ma’rifat asri musiqa san’ati dunyoga qaysi mashhur kompozitorlarni berdi?
J. Sviftning «Gulliverning sayohatlari» romanini kutubxonadan olib o‘qing va taassu-
rotlaringizni daftaringizga yozing.
Internet vositasida Motsartning «Rekviyem» va Betxovenning «Qahramonnoma»
simfoniyasini tinglang hamda ular asosida «Musiqa sehri» nomli esse yozing.
«Motsart» filmini ko‘ring va xulosa chiqaring.
http://eduportal.uz


65

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling