Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Xitoy-konfutsiylik sivilizatsiyasi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Xitoy-konfutsiylik sivilizatsiyasi XVI asrda dunyoning eng aholisi
ko‘p va boy qismi bo‘lib qolayotgan edi. Kishilarning kamtarona ha-
http://eduportal.uz


67
Janubiy va sharqiy Osiyo mintaqalari
yot tarzi, diniy sabr-toqat, yer egaligining o‘ziga xos shakli, turmush
tarzining davlat tomonidan tartibga solinishi kabilar bu sivili-
zatsiyaning asosiy belgilari hisoblanadi.
Yaponiya sivilizatsiyasi mutlaqo boshqacha xarakterga ega. U
Xitoydan ko‘p yangiliklarni: yozuv tizimini, moddiy madaniyatning
ancha qismini qabul qildi. Shuning uchun Yaponiya sivilizatsiyasini
Xitoy sivilizatsiyasining bitta tarmog‘i ham deyishadi. Ammo Xitoy-
dan farqli ravishda, yapon jamiyatida shaxs va uning o‘z hayot yo‘lini
erkin tanlash huquqi rad etilmaydi. Yaponiya aholi tarkibida Yevropa
dvoryanlariga monand oliyhimmat ritsarlar (samuraylar) va knyazlar
mavjud bo‘lgan Sharqdagi yagona mamlakat edi. Rivojlanishning
yuqori darajasi bu sivilizatsiyaning noyob xislatlaridan dalolat beradi.
Janubi-g‘arbiy Osiyo
Janubi-sharqiy Osiyo
Sharqiy Osiyo
Janubiy Osiyo
http://eduportal.uz


68
Faqat xitoycha tartiblarni joriy qilgan Òokugava rejimining o‘rnatili-
shi yapon jamiyatining rivojlanishini to‘xtatib, uni vaqtincha faol
xalqaro aloqalardan uzib qo‘ydi.
Hind sivilizatsiyasi Hindiston va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakat-
lariga tarqaldi. Bu sivilizatsiyaning o‘ziga xos tomoni shundaki, hind
jamiyatida kishilarning ijtimoiy holati uning tug‘ilish omili, ya’ni
ota-onasining jamiyatdagi o‘rni bilan belgilanadi. Bu yerda odamlar
kasta (tabaqa)larga bo‘lingan bo‘lib, insonning jamiyatdagi o‘rni
uning qaysi kastaga mansubligi bilan bog‘liq.
Islom sivilizatsiyasining o‘ziga xos jihatlari shundaki, uning asosini
tashkil qiluvchi islom dini musulmonlarning faqat dunyoqarashi-
nigina emas, balki hayot tarzini ham belgilab beradi. Islom dini barcha
musulmonlarning tengligiga asoslangani uchun ko‘plab xalqlar o‘rta-
sida keng tarqaldi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling