Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

D. Defo
J. Svift
J.J. Russo
http://eduportal.uz


62
sayib qolgan Faust mangu haqiqatni anglab
yetadi:
Uzoq hayot yo‘lin o‘tdim-u bosib,
Olam haqiqatin ayladim yakun:
Faqat shu munosib hayot va erkka,
Kim har kun ular-chun kurashga kirsa!
Òasviriy san’at. XVIII asrning birinchi yar-
mida Yevropa tasviriy san’atida hali ham saroy
ahlining nozikta’b san’ati gullab-yashnardi. Bu
davrda «qirolning birinchi tasvirchisi», afso-
naviy sahnalarning ajoyib ustasi Fransua Bushe
(1703–1770) edi. Uning real hayotdan cheksiz
yiroqda bo‘lgan suratlari aristokratlar saroyla-
riga ajoyib bezak bo‘la olardi.
Boshqa bir rassom Antuan Vattoning (1684–
1781) suratlari esa ancha chuqurroq ma’no kasb
etar edi. U chizgan suratlar eng nozik his-tuy-
g‘ularni, qahramonlarning ko‘z ilg‘amas kay-
fiyatlarini ifodalaydi. Vatto chizgan «Qiyin tak-
lif», «Beparvo» kabi asarlar juda mashhur edi.
Musiqa. Nemis kompozitori Iogann Sebas-
tyan Bax (1685–1750) hayot davrida mashhur
emasdi. Uning asarlari odamlarga o‘ta jiddiy
tuyulardi, cherkov esa Xudodan qo‘rqish
ohanglarining yetarli emasligi uchun uning mu-
siqalarini yoqtirmas edi. Hatto, Baxning o‘g‘il-
lari ham otasining ijodini umidsiz, eskirib qol-
gan deb hisoblashardi. Ularga meros bo‘lib qol-
gan Bax qo‘lyozmalarining ancha qismini yo‘-
qotib yuborishgan.
Baxning xor, solistlar va orkestr uchun
yozilgan ulkan asari – «Matto bayon etgan
buyuk musibat» havoriy, ya’ni Iso Masihning
shogirdi Matto hikoya qilib bergan Iso uqu-
batlarini, his-hayajonini ifodalaydi.
Injil afsonasini Bax odamlarni qutqarish
uchun o‘zini qurbon qilgan qahramon haqidagi
xalq dramasi sifatida bayon qiladi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling