Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Inqilob natijasida AQSH mustaqil davlatga aylandi, respublika


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Inqilob natijasida AQSH mustaqil davlatga aylandi, respublika
tuzumi o‘rnatildi, savdo va sanoatni rivojlantirish yo‘lidagi barcha
to‘siqlar olib tashlandi, erkin raqobatga, shaxsiy tashabbus va faol-
likka, ishbilarmonlikka keng yo‘l ochildi. Biroq janubiy shtatlarda
plantatsion qullik saqlanib qoldi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi va AQSH Konstitutsiyasi Yevropa-
ning ilg‘or tafakkuriga katta ta’sir ko‘rsatdi, ularda ilgari surilgan
g‘oyalar umuminsoniy xarakterga ega bo‘lib, ko‘plab xalqlar ku-
rashining mazmuniga aylanib qoldi.
Deklaratsiya – muhim qoidalar e’lon qilingan hujjat.
Federal hukumat – federativ davlatda markaziy boshqaruv organi.
Federal Konvent – Kontinental uyushma, qit’a uyushmasi, qit’a miqyosidagi
tashkilot.
Federal – federatsiya (ittifoq) tarkibiga kirgan barcha subyektlar (respublika, shtat)
uchun umumiy tushuncha. Masalan, federal hukumat yoki Federal Konvent.
1. Angliyaning Shimoliy Amerikada mustamlakachilik siyosati qanday amalga
oshirildi?
2. Amerika millatining shakllanishiga olib kelgan omillar nimalardan iborat?
3. Parij sulhi qachon imzolandi va uning mohiyati nimadan iborat?
4. AQSH konstitutsiyasining o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat?
Ijodiy ish topshirig‘i
Òomas Jefferson, Jorj Vashington haqidagi ma’lumotlarni toping va tarixiy
shaxslar faoliyatiga baho bering.
Xaritadan foydalanib, AQSH ma’muriy-hududiy tuzilishini daftaringizga qayd
eting.
12-mavzu: MA’RIFAÒ ASRI
Ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar. XVIII asr Yevropa tarixiga «Ma’rifat
asri» nomi bilan kirdi. Ilgari faqat tor doiradagi olimlarning mulki
bo‘lgan ilm-fan universitet chegarasidan chiqib, keng jamoatchilikka
tarqala boshladi.
Eng ilg‘or kayfiyatdagi, ma’rifatli yozuvchilar, rassomlar, fayla-
suflar insonni ezayotgan, uning qobiliyatini cheklayotgan va qadr-
http://eduportal.uz


60
qimmatini oyoqosti qilayotgan hamma
holatlarni keskin tanqid qilib chiqdilar. Ular
cherkov ta’limoti va umuman, dinning o‘zini
tanqid qildilar, absolutizmga va barcha feodal
tartiblarga qarshi chiqdilar, feodal turmush
tarzining umrini o‘tab bo‘lgan barcha illatlariga
qarshi kurash boshladilar.
XVIII asr ma’rifatparvarlarini insonning tu-
ganmas kuch va imkoniyatlariga buyuk ishonch,
ommani keng miqyosda ma’rifatli qilish za-
ruratini tushunish hissi ajratib turardi. Shu sa-
babli ma’rifatparvarlik o‘z davrining buyuk
g‘oyaviy harakati edi.
Bu harakat ishtirokchilari tarixda «ma’rifat-

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling