Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


-yili Britaniya va uning Amerikadagi sobiq mustamlakalari o‘rtasida Parij sulhi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

1783-yili Britaniya va uning Amerikadagi sobiq mustamlakalari
o‘rtasida Parij sulhi imzolandi. Sulhga muvofiq, Buyuk Britaniya
Amerika Qo‘shma Shtatlarining tuzilganligini, uning mustaqilligi,
ozodligi va suverenitetini tan oldi.
Urush tugadi. Oldinda esa davlatni jipslashtirish, uning iqtisodiy
ahvolini yaxshilash vazifasi turardi.
1787-yilgi Konstitutsiya. Inqilobning muvaffaqiyatli yakunlanishi
amerikaliklarga Mustaqillik Deklaratsiyasida ifodalangan orzu-umid-
lari va g‘oyalarini konstitutsiyada aks ettirish imkonini berdi. Deyarli
barcha shtatlar o‘z konstitutsiyalariga ega bo‘ldi.
Ammo mamlakatda shtatlarni yagona qonun asosida birlashtirish,
ularni boshqarish, yagona iqtisodiy tizimni shakllantirish kabi muam-
molar mavjud edi. Ularni hal etish uchun 1787-yilning mayida Fila-
delfiyada ish boshlagan Federal Konvent yig‘iniga shtatlardan say-
langan vakillar sifatida ko‘zga ko‘ringan arboblar to‘plandi. Ular orasi-
da Jorj Vashington, Jeyms Uilson, Benjamin Franklin, Jeyms Me-
dison, Aleksandr Gamilton kabi mashhur kishilar – «Amerikaning
otalari» bor edi.
http://eduportal.uz


58
XIX asrning 70-yillarida AQSH
 
1783-yili ...
 
1787-yilning may oyida ...

B. Franklin, J. Adams va J. Jeylar faoliyati – ...
Fikr-mulohaza va tortishuvlar uzoq davom etdi. Bahslar, aso-
san, Kongress, federal hukumat va Oliy sudning maqomi hamda
shtatlar bilan markaziy hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlar xusu-
sida bordi. Natijada, 1787-yil 17-sentabrda AQSH Konstitutsiyasi
qabul qilindi.
Konstitutsiya AQSHda Respublika tuzumini o‘rnatdi. Ijro hoki-
miyatini boshqarish uchun 4 yil muddatga saylanadigan va keng vako-
latlarga ega bo‘lgan AQSH prezidenti lavozimi joriy qilindi. 1789-yili
bo‘lib o‘tgan saylovlarda Jorj Vashington AQSHning birinchi pre-
zidenti etib saylandi.
http://eduportal.uz


59

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling