Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

XVI–XVII asrlardan boshlabSharq mamlakatlarida transport vositalari
va kommunikatsiya tizimining rivojlanish sur’atlari G‘arb mamlakatlariga
nisbatan pasaydi.
Sharqda O‘rta asrchilik tizimining inqirozi, avvalo, yerga davlat
mulkchiligining buzilishida, markaziy hokimiyat va soliq tizimining
susayganligida namoyon bo‘ldi. Sharq mamlakatlarida ko‘p asrlar da-
vomida rivojlanib kelgan feodal tizim bir qator muhim jihatlarga ega
edi. Bunday jihatlarga jamiyatda davlat rolining yuqoriligini, urug‘-
qabilachilik va quldorlik munosabatlari qoldiqlarining saqlanib qoli-
shi, jamiyat iqtisodiy hayotida shaharlar rolining pastligi kabilarni
kiritish mumkin.
XVII–XVIII asrlarda Yevropa va Osiyo xalqlarining o‘zaro muno-
sabatlarida chuqur o‘zgarishlar yuz berdi. Ilgari ularda harbiy texnika,
hunarmandchilik va savdoning rivojlanganlik darajasi bir-biriga yaqin
edi. Biroq keyingi davr yevropaliklar uchun juda qulay keldi. Osiyo
xalqlari esa turli imperiyalar zulmidan ozod bo‘lganida, har safar
an’analarni tiklash, bosqingacha bo‘lgan ijtimoiy va siyosiy hayot tar-
tiblarini qaytadan o‘rnatishga harakat qildilar. Bu tartiblar mahalliy
zodagonlarga ham, keng xalq ommasiga ham bosqinchilar o‘rnatgan
tartiblardan yaxshiroq, adolatliroq tuyulardi. Eski hayotga qaytish
mantig‘iga Xitoyda ham, Hindistonda ham, ko‘pchilik islom mamla-
katlarida ham qat’iy amal qilinardi.
http://eduportal.uz


69

Xitoy-konfutsiylik sivilizatsiyasi – bu ...

Yaponiya sivilizatsiyasi – bu ...

Hind sivilizatsiyasi – bu ...

Islom sivilizatsiyasi – bu ...
Yangi davrda ham shakllangan, hamma ko‘nikib qolgan, an’a-
naviy tartiblarni ideallashtirish Sharq sivilizatsiyasining muhim ji-
hati bo‘lib qoldi. Aynan shu jihat bir tomondan, ko‘plab tashqi

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling