Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi
Yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishi
Download 7.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf Jahon tarixi (2019)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yevropaliklar Xitoydan
Yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishi. Xitoy afsonaviy boy mam-
lakat sifatida yevropaliklarda doimiy qiziqish uyg‘otib kelgan. Yev- ropaliklar Xitoyning texnik yutuqlarini o‘zlashtirib olishga intilgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan so‘ng kuchaygan bu jarayon XVII asrda ham davom etdi. Ispaniya Filippinni egallab olganidan so‘ng, atrofdagi orollarda savdo bilan shug‘ullanuvchi minglab Xitoy http://eduportal.uz 72 fuqarolarini yo‘q qilib yubordi. Xuddi shunday yovuzlik keyin ham takrorlandi. XVII asrda Xitoy qirg‘oqlarida golland kemalari paydo bo‘ldi. Ular Òayvan orollarining bir qismini egallab oldi. Shuningdek, Angliya ham bu hududlarga qiziqish bildira boshladi. Inglizlar Guanchjou hududiga o‘rnashib, bu yerda savdo olib borish uchun Xitoy huku- matidan ruxsat oldi. Yevropaliklar Xitoydan ipak va chinni olib ketib, bu yerga tamaki va o‘qotar qurollar olib kelardi. XVIII asrning 70-yillarida Rossiya Xitoy bilan o‘zaro aloqalar o‘r- natishga urindi. Ammo ikkala davlat o‘rtasida Uzoq Sharqda va Mar- kaziy Osiyoda ta’sir uchun kurash bunga yo‘l qo‘ymadi. Keyin ikki tomon o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Yevropaliklar Xitoydan ipak va chinni olib ketib, tamaki va o‘qotar qurollarni bu yerga olib kelardi. XVIII asrning 70-yillarida Rossiya Xitoy bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatishga urindi. XVI – XVIII asrlarda Xitoy madaniyati. Minlar davrida Xitoy ma- daniyati gullab-yashnadi. Oldingi davrlarning eng yaxshi yutuqlarini o‘ziga singdirib olgan jamiyat taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarila oldi. Bu davrda qadimiy din va dunyoqarashga asoslangan mada- niyatni Yangi davr talablariga moslashtirish boshlandi. Minlar dav- rining eng mashhur olimlaridan biri Van Yanmin xitoyliklar dunyo- qarashining asosi bo‘lgan konfutsiylikdan voz kechmagan holda, bu ta’limotni o‘zgargan tarixiy vaziyatga mos ravishda, yangicha sharh- lay boshladi. 1636-yili – ... 1644-yili – ... XVI asr – ... XVIII asrning oxirigacha – ... Chinlar davriga kelib, adabiyotda ham katta yutuqlarga erishildi. Qadimgi xalq afsonalari asosida «G‘arbga sayohat» romani yaratilib, unda xitoylik ruhoniyning mo‘jiza izlab Hindistonga qilgan safari tas- virlanadi. Bu roman kitobxonlarning ko‘plab avlodlarida katta taas- surot qoldirdi. http://eduportal.uz 73 XVI–XVII asrlarda teatr san’atining eng mashhur turi, umummil- liy teatrga aylangan, kunsyuy bo‘ldi. Unda aktyorlar niqob kiyib rol o‘ynashadi. Kunsyuy asosida shakllangan Pekin operasi butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Òasviriy san’atda o‘tmish an’analari davom ettirildi. Minlar davri- da Òasviriy san’at akademiyasi qayta tiklandi. Badiiy asarlarga tas- viriy bezak berish san’ati rivojlandi, peyzaj san’ati ham gullab-yash- nadi. Xitoylik ustalar, faqat o‘z yurtlaridagina emas, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ham juda qadrlanadigan chinni, gazlama, loklangan miniaturalar yaratishda katta yutuqlarga erishdilar. Download 7.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling