Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


III BOB. XVI–XVIII ASRLARDA OSIYO VA AFRIKA


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

III BOB. XVI–XVIII ASRLARDA OSIYO VA AFRIKA
MAMLAKAÒLARI
13-mavzu: XVI–XVIII ASRLARDA OSIYO MAMLAKAÒLARI
RIVOJLANISHINING ASOSIY XUSUSIYAÒLARI
Yevropa tarix fanida sharqona taraqqiyot shaklini «an’anaviy sivi-
lizatsiya», «an’anaviy jamiyat» deb atashadi. Bunga ko‘pchilik kamta-
rona hayot tarzi, diniy sabr-toqat, yer egaligining o‘ziga xos shakli,
kishilar hayotining davlat tomonidan tartibga solinishi kabilarni asosiy
belgilar sifatida kiritishadi.
Qadimgi sivilizatsiyalar qaysi hududlarda paydo bo‘lgan edi?
Rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari. Osiyo mamlakatlarida Yangi
davr ularning mustamlakalarga aylantirilishi bilan bog‘liq. O‘rta asr-
larda Sharq mamlakatlari tabiatning nisbatan saxiy in’omi tufayli o‘z-
5 – Jahon tarixi
http://eduportal.uz


66
larining geografik va tarixiy ustunliklarini namoyish qila oldi. Rivoj-
langan ijtimoiy mehnat taqsimotiga, madaniy taraqqiyotning o‘ta
yuqori darajasiga, jamiyat ma’naviy rivojining anchagina yuqori bos-
qichini aks ettiruvchi diniy va axloqiy tizimni shakllantirishga erishdi.
Sharqning G‘arbdan ustunligi, ayniqsa, asrlar davomida to‘plangan
ma’naviy imkoniyatlar, tajriba va bilimlarga tayangan intellektual
kuchlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu davrda texnik, texnologik,
tashkiliy va madaniy innovatsiyalar keng tarqalgan bo‘lib, ularning
ko‘pchiligi 300–500 va hatto 1000 yil o‘tgandan so‘ng Yevropada
paydo bo‘ldi, qisman Sharqdan o‘zlashtirildi. Aholining o‘sish sur’ati
ham iqtisodiy imkoniyatlarning yuqoriligidan dalolat beradi.
Biroq Yangi davr boshlariga kelib, Sharq mamlakatlari taraqqiyotda
Yevropaga nisbatan sezilarli orqada qola boshladi. Buning asosiy sabablari
sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– Sharq davlatlarida harbiy xarajatlar miqdori G‘arb davlatlarinikidan
ancha yuqori edi;
– XVI–XVII asrlardan boshlab, Sharq mamlakatlarida transport vositalari
(kemalar, portlar, yo‘llar, kanallar qurilishi) va kommunikatsiya tizimining
(kitob chop qilish, savodxonlik darajasi) rivojlanish sur’atlari G‘arb
mamlakatlariga nisbatan pasaydi;
– O‘rta asrlarning oxirlaridan boshlab, Sharq mamlakatlari yakka-
lanish yoki «yopiq eshiklar» prinsipiga asoslanib, faol tashqi siyosat olib
bormadi;
– yevropalik mustamlakachilar kirib kelishi arafasida Sharqning ko‘plab
mamlakatlarida tarixan yaratilgan moddiy, ijtimoiy va ma’naviy boyliklarni
rivojlantirish o‘rniga, tabiiy resurslardan uzoq vaqt ekstensiv foydalanish
natijasida kelib chiqqan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz kuzatilayotgan edi.
Yevropa ekspansiyasi va mustamlakachilik Osiyo mamlakatlari-
ning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga anchagina ziddiyatli ta’sir ko‘rsatdi.
Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi «muloqot» odamlar orasidagi juda katta
yo‘qotishlarga olib keldi. Ko‘pchilik hollarda mustamlakachilik keng
miqyosdagi talonchilikdan iborat bo‘lib qoldi.
Ammo XVII asrning o‘rtalarigacha G‘arbning Sharqdan ustunligi
faqat tashqi ko‘rinish bo‘lib, bu davrda Sharq harbiy ishda, moddiy
ne’matlarni ishlab chiqarishda Yevropadan ancha oldinda edi. Ammo
Sharq bir xil emasdi. Sharqda bir nechta turli sivilizatsiyalarni ajratib
ko‘rsatish mumkin.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling