Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

I.V. Gyote
«Beparvo»
I.S. Bax
http://eduportal.uz


63
Ma’rifat asri musiqa san’atiga ulkan hissa
qo‘shgan yana bir shaxs Volfgang Amadey
Motsart (1756–1791) edi.
U Avstriyaning qadimiy go‘zal shaharchasi
Zalsburgda dunyoga keldi.
Zamondoshlari Motsartni o‘z davrining
haqiqiy mo‘jizasi deyishgan. Uning hayoti
qisqa, qashshoqlik, xo‘rlik va yolg‘izlikka to‘la
bo‘lsa ham, unda quvonch va buyuk muhabbat, baxt va ijodga intilish
ustun edi.
U 3 yoshidan boshlab musiqani o‘rgana boshladi, 4 yoshida o‘zi-
ning birinchi konsertini yozdi, 12 yoshida yozgan operasining prem-
yerasi Milan teatrida qo‘yildi, 14 yoshida Motsart Italiyadagi eng
obro‘li musiqa akademiyasining akademigi bo‘ldi. Hayotining so‘nggi
o‘n yilini Motsart Venada o‘tkazdi. Kompozitorning «Figaroning uy-
lanishi» operasi uni juda mashhur qildi. Operaning kuylari hamma
yerda: ko‘chalarda, maydonlarda, oshxonalarda jaranglaydi, uni,
hatto ko‘cha musiqachilari ham ijro etardilar.
Kompozitorning so‘nggi asari – «Rekviyem» (requem – motam
kuyi, orom) cherkovlarda marhumlarning xotirasiga bag‘ishlab ijro
etilardi. Bu hayot va o‘lim haqidagi, insonning bu dunyodagi
qismati haqidagi asar. Uning birinchi ijrosigacha yashash Motsartga
nasib etmadi.
O‘zini buyuk kompozitor Motsartning
vorisi deb hisoblagan kishi Lyudvig van
Betxoven (1770–1827) edi. U 22 yoshidan
boshlab Venada yashadi. Dahshatli kasallik
oqibatida qiynalgan va butunlay eshitmay
qolgan Betxoven taslim bo‘lmadi. U kasallikka
qarshi kurashgan yillari ta’sirining qudrati va
go‘zalligi bilan kishilarni hayratga soladigan
asarlar yaratdi.
«Fantaziya yo‘lida sonata» («Oydin») – kompozitorning baxtsiz
muhabbati haqidagi asar. «Qahramonona» simfoniyasi esa XVIII asr
oxirida Fransiyada yuz bergan inqilobiy voqealar ruhi bilan yo‘g‘-
rilgan.
Simfoniya dastlab Bonapartga bag‘ishlangan edi. U o‘zini im-
perator deb e’lon qilganidan so‘ng kompozitor asarini uning nomi
bilan bog‘lamadi va «Qahramonnoma» degan yangi nom berdi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling