Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Muqaddas Rim imperiyasi okruglari


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Muqaddas Rim imperiyasi okruglari
ligi ishlab chiqarishi sanoat mahsulotlariga nisbatan talabni qondir-
madi.
1524–1526-yillarda bo‘lib o‘tgan dehqonlar urushining mag‘lu-
biyatga uchrashi O‘rta asr feodal munosabatlarining yana uzoq saqla-
nib qolishi va mamlakatda siyosiy tarqoqlikning davom etaverishiga
sabab bo‘ldi. Va nihoyat, Yevropa davlatlari o‘rtasida kelib chiqqan
O‘ttiz yillik urushda (1618–1648), asosan, nemis knyazliklarining jabr-
http://eduportal.uz


47
lanishi ham uning qoloqlik botqog‘iga botib qolaverishiga katta ta’sir
ko‘rsatdi. O‘ttiz yillik urush natijasiga ko‘ra, Yevropada siyosiy gege-
monlik Fransiyaga o‘tdi.
Germaniya esa iqtisodiy va siyosiy tanazzulga yuz tutdi. Siyosiy
parokandalik yanada kuchaydi.

XVI asrning ikkinchi yarmidan – ...

O‘ttiz yillik urush – ...

1524–1526-yillarda – ...

XVI asr o‘rtalarigacha – ...
Siyosiy tuzum. Germaniya rasman yagona imperiya hisoblanar,
uni, nomiga bo‘lsa-da, imperator boshqarardi. Aslida esa uning birligi
faqat qog‘ozda edi.
1806-yilgacha «Muqaddas Rim imperiyasi» deb atalgan bu impe-
riyada, hatto yagona fuqarolik ham yo‘q edi. Aholi imperiyaning
emas, balki knyazliklarning fuqarolari edi.
Gabsburglar sulolasidan bo‘lgan Germaniya imperatori o‘zining
Avstriyadagi yerlaridan tashqarida hech qanday real hokimiyatga ega
emasdi. Imperiya Reyxstagi esa amalda barcha knyazliklarga majburiy
bo‘lgan yakuniy qarorlar qabul qila olmasdi.
Qabul qilgan taqdirda ham, u amalda bajarilmasdi. Bunday sha-
roitda har bir knyazlik nafaqat ichki ishlarda, balki tashqi siyosatda
ham mustaqillikka intilardi.
Germaniyaning xalqaro ahvoli. Ichki siyosiy tarqoqlik XVII asrning
ikkinchi yarmida Germaniyani Yevropaning kuchli davlatlari qo‘lida
qo‘g‘irchoqqa aylantirib qo‘ydi. Fransiya oxir-oqibatda Strasburg
shahri va Reyn daryosining chap qirg‘oq yerlarini egallab oldi.
1683-yili Germaniya knyazliklari Òurkiya bosqiniga qarshi kura-
shish uchun tarixda birinchi marta yakdil qaror qabul qildilar va
milliy-ozodlik qo‘shinini tuzdilar. Shu yili Vena ostonalarida usmo-
niylarning qo‘shini tor-mor keltirildi. Germaniyaning bu g‘alabasi
Markaziy Yevropani usmoniylar bosqinidan saqlab qoldi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling