Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Buyuk fransuz burjua inqilobining yana bir bosqichi ana shun-


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Buyuk fransuz burjua inqilobining yana bir bosqichi ana shun-
day yakunlandi. Xalq muhtojlik, urush va terrordan charchadi.
Yakobinchilar diktaturasi quladi.
Inqilob eski tartiblarni yo‘q qilib tashladi: feodal qoidalar va
absolutizm tugatildi; dehqonlar yer oldi; Fransiya Respublika deb
e’lon qilindi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishi
uchun asos solindi. Burjua mulkchiligi o‘rnatildi va sanoat to‘nta-
rishi uchun sharoit yaratildi.
Uchinchi tabaqa – Fransiyada o‘rnatilgan tartibga ko‘ra imtiyozlarga ega
bo‘lgan ruhoniylar va dvoryanlardan boshqa barcha kishilar.
Òa’sis majlisi – konstitutsiya qabul qilish uchun yig‘iladigan parlament.
Kommuna – mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv organi.
Absolutizm – davlatni idora qilish usuli. Unda cheklanmagan hokimiyat davlat
boshlig‘i – monarxga tegishli.
1. Buyuk fransuz burjua inqilobining boshlanishi sabablari nimalardan iborat?
2. Fransiyada «Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi»da qaysi huquqlar kafolat-
langan edi?
3. Fransiyada «Vatan xavf ostida!» chaqirig‘i qanday maqsadda va qaysi tashkilot
tomonidan tayyorlangan?
4. Fransiyada yakobinchilar diktaturasi nima sababdan halokatga uchradi?
Xarita bilan ishlashga doir topshiriq
Xaritadan foydalanib, Fransiya burjua inqilobi bo‘lib o‘tgan hududlarni tahlil qiling
va ikki ustunli jadvalning birinchisida hudud, ikkinchisida voqealarni keltiring.
http://eduportal.uz


42
Konseptual jadval asosida XVIII asr Fransiya rivojlanishidagi o‘ziga xoslikni tahlil
eting.
8-mavzu: BUYUK FRANSUZ BURJUA INQILOBINING
YAKUNLANISHI VA ÒARIXIY AHAMIYAÒI
1795-yilgi xalq qo‘zg‘oloni. Òermidorchilar (fransuz kalendaridagi
termidor oyining 9-kuni hokimiyatga kelganlar shunday ataldi) mulk
va erkin tadbirkorlikni himoya qiladigan respublika tarafdori edi. Ular
savdodagi cheklashlarni bekor qildi. Savdo erkinligi boshlandi, narxlar
bir necha bor ko‘tarilib ketdi, pul keskin qadrsizlandi.
Fransiya qaysi asrdan boshlab yagona markaziy hokimiyatga bo‘ysundirildi?
Mehnatkash xalq och qolayotgan bo‘lsa, «yangi boylar» o‘tayotgan
vaqtni boy bermaslikka va hayot zavqini surishga oshiqardi. Burjua
jamiyatining yuqori qatlamida asilzodalar axloqi qayta tug‘ila bosh-
ladi.
Inqilobiy o‘zgarishlar davri tugadi. Konvent deputatlarini endi
xalqning ahvoli qiziqtirmas edi. Parijliklar Konvent ishiga ta’sir ko‘r-
satishga urinib ko‘rdi. Parij atrofida norozilik kuchayib bordi. Aholi
orasida «Xalq, uyg‘on! Payt keldi!», degan shiorlar tarqaldi.
Shu tariqa 1795-yil aprelda qo‘zg‘olon boshlandi. Minglab qurolsiz
kishilar Konvent tomon kelishdi. Kechga borib, Milliy gvardiya Kon-
ventni o‘rab olib, xalqni quvib yubordi. Parij qamal holatida deb e’lon
qilindi. May oyida bu voqealar takrorlanib, qo‘zg‘olonchilar Kon-
ventni egallab oldi. Odamlar oqimi barcha binolarni to‘ldirib yubordi.
Ikki kun davomida g‘azab alangasi avj oldi. Ikkinchi kun oxiriga kelib,
qo‘zg‘olonchilar tor-mor qilindi va qurolsizlantirildi, ularning yo‘l-
boshchilari – so‘nggi yakobinchilar gilotinada qatl qilindi. Ko‘plar
qamoqqa tashlandi, surgun qilindi. Bu qo‘zg‘olon Buyuk fransuz inqi-
lobi davrida aholining so‘nggi ommaviy chiqishi edi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling