Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

shatli reallik bo‘ldi.
Òermidor – Fransiyada inqilob yillari qabul qilingan yangi taqvimda oyning
nomi.
Konvent – ba’zi mamlakatlarda alohida vakolatlarga ega bo‘lgan vakillik organi.
Direktoriya – burjua inqilobi davrida Fransiyada hokimiyatni kollegial bosh-
qaruv shakli, ijroiya hokimiyati.
Konsul – Fransiyada burjua inqilobi yillari joriy qilingan ijroiya hokimiyatining
uchta rahbaridan biri.
Òerror (qo‘rqinch, dahshat) – raqiblarni yo‘qotish yoki qo‘rqitish, aholi
o‘rtasida vahima keltirib chiqarish.
1. 1795-yilgi xalq qo‘zg‘oloni qay tariqa boshlandi?
2. 1795-yilgi Fransiya konstitutsiyasi qanday asosiy qoidalarni joriy qildi?
http://eduportal.uz


45
3. Qaysi omillar Napoleon Bonapart obro‘sining oshishini ta’minladi?
4. Buyuk fransuz burjua inqilobining tarixiy ahamiyati nimalardan iborat?
Ijodiy ish topshirig‘i
«Fransuz burjua inqilobining ahamiyati shundan iboratki, ...» mavzusida esse
yozing.
Internet vositasida fransuz burjua inqilobi davriga virtual sayohat uyushtiring va
mavzuda o‘rganilgan materiallar asosida tarixiy voqelikni tahlil qiling.
9-mavzu: XVI–XVIII ASRLARDA GERMANIYA
IMPERIYASI
Iqtisodiy ahvol. Germaniya iqtisodiy taraqqiyotda Angliya, Gol-
landiya va Fransiya kabi davlatlardan orqada edi. Hatto, XVI asrning
ikkinchi yarmidan iqtisodiy tushkunlik ham boshlandi. Bu, avvalo,
Germaniyaning 300 dan ortiq mayda-mayda knyazlik (davlat)larga
bo‘linib ketganligi oqibati edi. Siyosiy tarqoqlik yagona ichki bozor-
ning vujudga kelishiga imkon bermadi.
O‘rta asrlarda qaysi jangdan keyin Germaniyaga vengerlarning bosqinlari
to‘xtaydi?
Bundan tashqari, bu davrda dengiz savdo yo‘llarining Atlantika
okeaniga ko‘chganligi oqibatida Germaniya orqali o‘tadigan savdo
yo‘llari o‘z ahamiyatini ham yo‘qotdi. Holbuki, XVI asr o‘rtalarigacha
Shimoliy Italiya va uning vositachiligida butun Sharqning G‘arbiy
Yevropa bozorlari bilan aloqalari Germaniya yerlaridan o‘tardi.
Germaniyaning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy roli – uning mis
ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab kelganligi
bilan belgilanar edi. Mis savdoda asosiy vosita hisoblanardi. Biroq
Amerikadan Yevropaga oltin va kumushning katta miqdorda keltiri-
lishi Germaniya misining ahamiyatiga jiddiy putur yetkazdi. Shu-
ningdek, nemis sanoat mahsulotlari chet davlatlar sanoat mahsulotlari
bilan raqobat qila olmadi. Chunki Germaniyada manufaktura ishlab
chiqarishi faqat shahar bilan cheklanib qolgan edi. U qishloqqa yoyil-
madi, ya’ni natural xo‘jalik munosabatlari hukm surgan qishloq xo‘ja-
http://eduportal.uz


46

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling