Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


-yilgi Konstitutsiya va Direktoriya


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

1795-yilgi Konstitutsiya va Direktoriya. 1795-yilning avgustida
Konvent yangi Konstitutsiyani qabul qildi, u Fransiyada Respublika
tuzumini mustahkamladi, lekin umumiy saylov huquqini bekor qildi.
Endi qonunchilik hokimiyati ikki palatadan – Besh yuzlar kengashi
va Oqsoqollar kengashidan iborat bo‘lgan qonunchilik palatasiga
http://eduportal.uz


43
berildi. Ijro hokimiyati Oqsoqollar kengashi tayinlaydigan besh kishi-
dan iborat Direktoriyaga topshirildi. Shu bilan birga, 1795-yilgi
Konstitutsiya inqilobning barcha antifeodal yutuqlarining qonuniy-
ligini tasdiqladi.

1795-yil aprelda ...

1795-yilning avgustida ...

«Xalq, uyg‘on! Payt keldi!» – ...
Yangi Konstitutsiya monarxiya tarafdorlarini kuchaytirib yubordi.
Ular Konventga qarshi isyon ko‘tardi. Artilleriya yordamida isyon-
chilarni tor-mor qilgan general Napoleon Bonapart Konventning xa-
loskoriga aylandi.
Direktoriyaning urushlari. General Bona-
part. Hokimiyatga kelgan yirik burjuaziya
o‘zga yurtlarni bosib olishdan manfaatdor edi
va Direktoriya davridagi Fransiyaning urush-
lari bosqinchilik xarakteriga ega bo‘ldi.
Reynning so‘l qirg‘og‘i va Belgiya Fransiya-
ga qo‘shib olindi, Gollandiya esa qaram res-
publikaga aylantirildi. Bosib olingan yerlarda
fransuzlar feodal tartiblarni bekor qildi. Am-
mo bosib olingan yerlar talandi, harbiy o‘lja sifatida oziq-ovqat va
san’at asarlari yuklangan karvonlar Parijga kelib turardi.
Bu urushlarga boshchilik qilgan Napoleon Bonapartning mamla-
katda obro‘si juda baland edi. Ayniqsa, Italiyaga qarshi qilingan
yurish va uning bo‘ysundirilishi Napoleonni juda mashhur qilib
yubordi. Bosib olingan yerlarda Napoleon feodal qaramlikni yo‘q
qildi, cherkov va ibodatxonalarni ba’zi bir yig‘imlardan mahrum etdi,
ma’lum darajada inson huquqlarini mustahkamlaydigan yangi qonun-
larni joriy qildi.
Napoleonning g‘alabalari jamiyatda armiyaning obro‘sini oshirdi.
Napoleon aynan Italiyada o‘zini shunchaki general emas, xalqning
taqdiriga ta’sir o‘tkazishga qodir bo‘lgan buyuk shaxs sifatida his
qildi. Keyin, 1798-yili Misrga qilingan yurish Napoleonni siyosiy
hokimiyatni egallashga chorladi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling